• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli tenderlar

    26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida 100 dan ortiq tenderlar amalga oshirildi. “Daryo” muxbiri Abduqahhor Qosimov hujjatlarni monitoring qilib, eng e’tiborga molik savdolar haqida ma’lumot beradi.

    Xodimlarni ovqatlantirishga 1,361 milliard so‘m

    Surxondaryo viloyati hokimligi xodimlariga 2023-yil uchun ovqatlanish xizmatlarini yetkazib berish bo‘yicha tender o‘tkazgan. Protokolga ko‘ra, taomnomada osh, grechka, tovuq sho‘rva, qovurma lag‘mon kabi ovqatlar bo‘lishi kerak.

    Skrin: Tanlov hujjati

    Tender komissiyasi bayoniga ko‘ra, g‘oliblik uchun ”Diyorbek Oshxonasi” va “Grand-Dekabr” MCHJlar qatnashgan. Yakunda 1 milliard 361 million 360 ming so‘mlik tenderni “Diyorbek Oshxonasi” yutib olgan.

    Bir “e-mail”li raqobatchilar

    Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri maktabgacha ta’lim bo‘limi kotyol sotib olish uchun 30 million so‘mlik tender o‘tkazgan. Unda “Zilol Fin Expert” xususiy korxonasi, “Toshloq Shinam” va “Muxammad Umar Building” MCHJlar ishtirok etgan.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    Bayonnomaga ko‘ra, tender yakunida “Zilol Fin Expert” g‘olib, “Muxammad Umar Building” esa zaxira g‘olib deb topilgan.

    Skrin: Statistika agentligi

    G‘olib XKning ta‘sischisi va rahbari Oripova Zilola Marifjonovna. Korxona Farg‘ona shahrida joylashgan, pochta manzili esa oripova04@mail.ru.

    Skrin: Statistika agentligi

    Zaxira g‘olib MCHJ rahbari boshqa — Turaboyev Qobil Xayriddin o‘g‘li. Ammo elektron pochta manzil raqobatchisiniki bilan bir xil.

    Yana o‘sha eski tadbirkor

    20-yanvar kuni e’lon qilingan materialimizda bir tadbirkorga tegishli ikki korxona bir tenderda qatnashib, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun moddalari buzilgani haqida yozgandik.

    Skrin: Statistika agentligi
    Skrin: Statistika agentligi

    Ammo bir hafta o‘tsa hamki, tender natijalari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmadi, natijalar bekor qilingani yo‘q. Shu sababli keyingi savdo kunlari davomida ham xuddi shu tadbirkor bilan yana ikki marta qonun buzilish holatlari sodir etildi.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    Birinchisi. Jizzax viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri ovqat yetkazib berish bo‘yicha autsorsing uchun tender e’lon qildi, savdo 26-yanvar kuni yakunlandi. Unda Ubaydullayev Akmaljon Eshturdiyevichga tegishli Tesla-S MCHJ va Testy Meal Plus MCHJ bellashdi. Komissiya a’zolari rozi, g‘olib Testy Meal Plus bilan 13 million 177 ming so‘mlik shartnoma imzolandi.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    Ikkinchisi. 27-yanvar kuni ham yana o‘sha Jizzax viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri ovqat yetkazib berish bo‘yicha o‘tkazgan tender yakunlandi. Yana o‘sha ikki tadbirkorlik subyekti (shuningdek, juda past ball qayd etgan Ota Servicegroup MCHJ) qatnashdi. Tenderni Testy Meal Plus MCHJ yutib oldi. Shartnoma summasi bu safar qariyb 20 million so‘m.

    “Daryo” muxbiri tadbirkor bilan bog‘lanishga urindi, ammo MCHJlar bilan aloqa sifatida ko‘rsatilgan raqam “noto‘g‘ri” ekan.

    “Yo‘q, adashdingiz”

    “Namangandonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati elevatorga bug‘doy tashish xizmati uchun 200 million so‘mlik tender o‘tkazdi. Lotni Trade Actives yutib oldi, Spark Arena MCHJ esa zaxira g‘olib sifatida ko‘rsatildi.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    Ammo ushbu MCHJlar bir tadbirkorga tegishli.

    Skrin: Statistika agentligi
    Skrin: Statistika agentligi

    Holat yuzasidan Umarov Fayzullo bilan bog‘lanishga urindik, ammo go‘shakni ko‘targan shaxs adashib boshqa manzilga tushganimizni aytdi.

    Dubayga sayohat

    O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti 10 nafar iqtidorli talabani Dubayga dam olishga jo‘natadi. Sayohatni tashkil etish uchun esa 128 million so‘mlik tender o‘tkazildi.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    Tenderni Golden Coin-Tour MCHJ yutib oldi. Texnik topshiriqqa ko‘ra, g‘olib quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishi kerak:

     

    Skrin: Texnik topshiriq hujjati

    Tushunmasdan tenderni yutgan tadbirkor

    Namangan viloyati Chust tuman Tibbiyot birlashmasi tibbiy tarozi xarid qilish uchun 57,5 million so‘mlik tender o‘tkazgan. Unda g‘olib bo‘lgan Beruniy Medical va zaxira g‘olib Glyucomed MCHJlarning ikkisi ham bir tadbirkor — Obidov Muhammadyusuf Ahmad o‘g‘liga tegishli.

    Skrin: Statistika agentligi
    Skrin: Statistika agentligi

    “Daryo” muxbiri Muhammadyusuf Obidov bilan bog‘landi. Unga vaziyat yuzasidan savol berilganida tenderda haqiqatan ham ikkita MCHJ bilan qatnashganini tan oldi.

    “Ha, qatnashganman. Ammo buning noto‘g‘ri ekanini bilmagandim, uncha tushunmayman. Buxgalterim bilan gaplashay-chi”, — dedi tadbirkor.

    Komissiya a’zolari esa holatni yo payqamagan, yo ko‘rib, ko‘rmaganlikka olgan. Har holda 5 nafar komissiya a’zosining birortasi ham tender natijalariga qarshi ovoz bermagan.

    Mas’ullardan ushbu shubhali tenderlar natijalariga e’tibor qaratib, noqonuniy holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni so‘raymiz.

    27.01.2023, 23:38   Izoh (0)   11458
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Abduqahhor Qosimov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yangi yil sovg‘asi”, bir xil familiyali raqobatchilar, soxtalashtirilgan savdo — 23-yanvardagi qiziqarli tenderlar

    23.01.2023, 20:54

    Pochtasi, manzili, hatto telefon raqami bir xil “raqobatchilar”, lotni bo‘lishgan sheriklar — 24-yanvardagi shubhali tenderlar

    24.01.2023, 22:21

    Bir buxgalterli raqobatchilar, o‘quvchilarni ovqatlantirish uchun 33 milliard so‘m, ismlari o‘xshash tadbirkor va hakam — 25-yanvarda kun tenderlari

    25.01.2023, 20:27

    Marimba musiqiy asbobi uchun 90 million so‘m, bir familiyali raqobatchilar, tadbirkorning o‘yini — 26-yanvarda kun tenderlari

    26.01.2023, 19:21

    Buxorodagi tungi klubda erkak 2 kishini kaltakladi

    27.01.2023, 23:29

    O‘zbekistonda eski “prava”ni onlayn almashtirish imkoniyati yaratildi

    27.01.2023, 22:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.