Fargʻona—Quvasoy—Qizil-qiya xalqaro yoʻnalishida mikroavtobus qatnovi 26-yanvardan qayta tiklandi.
Transport vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Fargʻona va Qirgʻizistonning Batken viloyatidagi Qizil-qiya shahri oʻrtasida amalga oshiriladigan mazkur qatnov ikki chegaradosh viloyat oʻrtasidagi bordi-keldi uchun muhim yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.
2020-yilgacha mavjud boʻlgan mazkur qatnov pandemiya davri cheklovlarida toʻxtab qolgan edi.
Qirgʻiziston tomonidan “Qizil-qiya PATP”, Oʻzbekiston tomonidan esa Daewoo Trans Servis MCHJ xizmat koʻrsatuvchi yoʻnalish umumiy masofasi 39,5 kilometrni tashkil etib, yoʻlkira narxi 12 ming soʻm etib belgilandi.
Mikroavtobuslar Qizil-qiya va Fargʻonadan tonggi soat 7:20 da harakat boshlanishi nazarda tutilgan.
Kelgusida aholi talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qatnovlarni koʻpaytirish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)