Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 26-yanvar kuni davlat tashrifi bilan Bishkek shahriga keldi.
![](/static/2023-01-26 17.39.23.jpg)
Ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Manas” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.
![](/static/2023-01-26 17.42.13.jpg)
Bu yerda davlat rahbarlariga O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni tarannum etuvchi musiqiy-folklor chiqishlar namoyish etildi. So‘ng prezident Qirg‘iziston bosh vaziri Akilbek Japarov hamrohligida “Ata-Beyit” milliy tarixiy-yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
![](/static/2023-01-26 17.39.28.jpg)
![](/static/2023-01-26 17.43.30.jpg)
![](/static/2023-01-26 17.41.46.jpg)
Davlat rahbari 1916-yilgi fojiali voqealarning qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan “Urkun” yodgorligi poyiga gul qo‘ydi. Majmua 2000-yilda qirg‘iz davlatchiligining eng muhim bosqichlari haqidagi tarixiy xotirani tiklash va asrab-avaylash maqsadida tashkil etilgan. Davlat tashrifining asosiy tadbirlari ertaga, 27-yanvar kuniga mo‘ljallangan.
Izoh (0)