Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni Sadir Japarov taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga joʻnab ketdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, oliy darajadagi muzokaralarda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilinadi.
Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Davlat rahbarining Qirg‘izistonga davlat tashrifi arafasida Bishkekda Qirg‘iziston—O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida taxminan 1,6 milliard dollarlik 50 dan ortiq hujjatlar to‘plami imzolandi.
Izoh (0)