• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Marimba musiqiy asbobi uchun 90 million so‘m, bir familiyali raqobatchilar, tadbirkorning o‘yini — 26-yanvarda kun tenderlari

    26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida 100 dan ortiq tenderlar amalga oshirildi. “Daryo” muxbiri Abduqahhor Qosimov hujjatlarni monitoring qilib, eng e’tiborga molik savdolar haqida ma’lumot beradi.

    Musiqiy asbob uchun 90 million so‘m

    Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 9-son bolalar musiqa va san’at maktabi marimba musiqiy asbobi xarid qilish uchun boshlang‘ich qiymati 94 million so‘mlik tender o‘tkazdi. Eng yaxshi taklifni tanlab olish bo‘yicha o‘tkazilgan savdo 19-yanvardan 26-yanvargacha davom etdi.

    Marimba zarbli cholg‘u asbobi
    Foto: Fabimo

    Protokolga ko‘ra, mahsulotning yaroqlilik muddati bir yil bo‘lishi, 10 kun ichida yetkazib berilishi kerak.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    Tenderda ikkita tadbirkorlik subyekti qatnashdi: Sios Shams MCHJ va Humo Music MCHJ. 

    Skrin: Xarid komissiyasi bayonnomasi

    Komissiya a’zolarining yakuniy baholariga ko‘ra, Humo Music MCHJ 100 ball bilan tenderni yutib olgan. Shartnoma summasi — 90 million so‘m.

    Skrin: Statistika agentligi

    G‘olib MCHJ rahbari va ustav fonddagi yagona ta’sischisi Subxanov Sanjar Naimkulovich. Korxona Qashqadaryo viloyati Koson tumani Koson shahri “Nartibaland” mahallasida joylashgan.

    Skrin: Statistika agentligi

    Zaxira g‘olib Sios Shams MCHJ rahbari esa — Kaxxarov Sanjar Norqulovich. E’tiborlisi, ushbu tadbirkorlik subyekti ham Qashqadaryo viloyati Koson tumani Koson shahri “Nartibaland“ mahallasida joylashgan.

    Bir familiyali raqobatchilar

    Samarqand viloyati Narpay tuman xalq ta’limi bo‘limi umumiy qiymati 60 million so‘m bo‘lgan ikkita tender o‘tkazgan. Biri nasos mahsulotlari, boshqasi havo so‘ruvchi ventilyator xaridi uchun.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    Ikkala tenderni ham “Xasanov Elbek Grand” xususiy korxonasi yutib olgan. 

    Skrin: Statistika agentligi

    Ushbu korxona rahbari Xasanov Elbek Taxirovich. Yuridik manzili Samarqand viloyati Narpay tumani Oqtosh shahrida joylashgan.

    Skrin: Statistika agentligi

    Ventilyator xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda zaxira g‘olib sifatida ko‘rsatilgan “Narpay Broker” xususiy korxonasining rahbari esa Xasanova Dildora Ulug‘bek qizi. Tadbirkorlik subyekti Samarqand viloyati Narpay tumani Qorasiyrak QFYda joylashgan.

    Xasanov Elbek va Xasanova Dildora o‘rtasida qarindoshlik aloqalari borligi haqida ma’lumotlar mavjud emas.

    Tadbirkorning o‘yini

    Sirdaryo Muruvvat uyi ovqat yetkazib berish bo‘yicha autsorsing xizmati uchun 330 million so‘mlik tender o‘tkazgan. Unda “Innovatsion Go‘sht Sut Trade” va New Inavatsion Pharm MCHJlar g‘oliblik uchun kurashgan.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    Komissiya a’zolarining baholariga ko‘ra, 100 ga 78 ball bilan tenderni “Innovatsion Go‘sht Sut Trade” yutib oldi. Shartnoma summasi — 317 million so‘m.

    Skrin: Xarid komissiyasi bayonnomasi

    Ishtirokchilarning rahbariyatlari bilan qiziqdik.

    Skrin: Statistika agentligi

    Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, g‘olib MCHJning rahbari va ta’sischisi Qurbonov Obidjon O‘rinovich hisoblanadi. 

    Skrin: Statistika agentligi

    Shubhali jihati shundaki, tenderda unga raqobatchi bo‘lgan New Inavatsion Pharm MCHJ ta’sischisi ham aynan uning — Qurbonov Obidjon O‘rinovichning o‘zginasi.

    Holat yuzasidan izoh olish uchun Obidjon Qurbonov bilan bog‘lanishga urindik, ammo tadbirkor go‘shakni ko‘tarmadi.

    Mas’ullardan ushbu tenderlar natijalariga e’tibor qaratib, noqonuniy holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni so‘raymiz.

    26.01.2023, 19:21   Izoh (0)   8238
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Abduqahhor Qosimov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zini o‘zi yenggan tadbirkor, qarindoshiga yordamlashgan hakam, tugatilgan korxonaning ishtiroki — 20-yanvardagi shubhali tenderlar

    20.01.2023, 20:30

    “Yangi yil sovg‘asi”, bir xil familiyali raqobatchilar, soxtalashtirilgan savdo — 23-yanvardagi qiziqarli tenderlar

    23.01.2023, 20:54

    Pochtasi, manzili, hatto telefon raqami bir xil “raqobatchilar”, lotni bo‘lishgan sheriklar — 24-yanvardagi shubhali tenderlar

    24.01.2023, 22:21

    Bir buxgalterli raqobatchilar, o‘quvchilarni ovqatlantirish uchun 33 milliard so‘m, ismlari o‘xshash tadbirkor va hakam — 25-yanvarda kun tenderlari

    25.01.2023, 20:27

    “Zapravkalar ochilsa, gaz narxi qimmatlashishi mumkin” — Mamarizo Nurmurodov 2023-yilda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni aytdi

    26.01.2023, 19:02

    Navoiyda “Afrosiyob” poyezdi qo‘ylar podasini bosib ketdi (video) 

    26.01.2023, 18:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.