Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘onistonda anomal sovuq tufayli kamida 157 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN mamlakatda hokimiyat tepasida turgan “Tolibon” vakiliga tayanib xabar bermoqda.

Afg‘onistonda havo haroratining pasayishidan o‘lganlar soni bir hafta ichida ikki baravarga ko‘paydi, deb ta’kidlamoqda CNN.

Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi afg‘on aholisiga 565 ming kishiga mo‘ljallangan ko‘rpa-to‘shak, isitish moslamalari va boshpana vositalari ko‘rinishidagi yordam tarqata boshlaganini ma’lum qilgandi.

Afg‘oniston so‘nggi yillardagi eng sovuq qishlardan birini boshdan kechirmoqda, yanvar oyi boshida harorat Selsiy bo‘yicha minus 28 darajagacha tushib ketdi. Iqlimning salbiy ta’siri gumanitar inqiroz tufayli kuchaymoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 30 millionga yaqin odam — mamlakat aholisining uchdan ikki qismi yashab qolish uchun zarur yordamga muhtoj.

Shu fonda yanvar oyining oʻrtalaridan boshlab Oʻzbekistondan elektr energiyasi yetkazib berish toʻxtatilgandi. Biroq o‘tgan ikki kunda “Tolibon” vakillari ham, O‘zbekiston rasmiylari ham Afg‘onistonga energiya yetkazib berish tez orada tiklanishini ma’lum qildi.

Turkmaniston, Tojikiston va Eron ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beruvchi asosiy davlatlardir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat
Mahalliy
Jamshid Qo‘chqorov SHHT tarkibida yangi qo‘mita tuzishni taklif etdi
Mahalliy
Toshkentda 11 yoshli qizga nisbatan uyatsiz, buzuq harakatlar qilgan 54 yoshli erkak qamoqqa olindi