2023-yil yakunida iqtisodiyotning 4,5—5 foizga o‘sishi va yillik inflyatsiyaning 8,5—9,5 foiz doirasida shakllanishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Makroiqtisodiy rivojlanishning prognozlariga ko‘ra, I chorakda YIM o‘sishining ma’lum darajada sekinlashishi ehtimoli yuqori.
Ayni paytda, bazaviy inflyatsiyaning o‘suvchi dinamikasi va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar darajasi, ikkinchi tomondan, tashqi iqtisodiy sharoitlar va taklif omillaridagi xatarlar pul-kredit siyosati ta’sir doirasini qisqartirishi mumkin.
Markaziy bank pul-kredit sharoitlarining talab, narxlar va inflyatsion kutilmalarga ta’sirini sinchkovlik bilan baholashda davom etadi.
Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar talab va taklif mutanosibligini ta’minlash hamda inflyatsiyaning prognoz koridori doirasida shakllanishiga va 5 foizlik o‘rta muddatli targetiga erishishiga qaratiladi.
Zarur hollarda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda inflyatsiyaning nomonetar omillarini kamaytirish, ta’minot zanjirlaridagi uzilishlarni bartaraf etish va zaruriy taklif hajmlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Avvalroq O‘zbekistonda asosiy stavka yana 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)