Shaxmat bo‘yicha Niderlandiyada Tata Steel Chess 2023 musobaqasi davom etmoqda.
Musobaqaning 25-yanvar kungi o‘yinlarida Masters bosqichida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov xitoylik Liren Ding bilan durang o‘ynadi va 7 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Niderlandiyalik Anish Giri AQSH grossmeysteri Uesli So bilan durang o‘ynab, 6,5 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Challengers turnirida qatnashayotgan Javohir Sindorov esa 10-turda niderlandiyalik Ervin L’Amiga qarshi dona surdi va murosa ko‘chasini tanladi. Javohir ochkolari sonini 6,5 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Izoh (0)