O‘zbekiston bo‘ylab 28—29-yanvar kunlari havo harorati ko‘tariladi.

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, yanvar oxirida respublika janubiy viloyatlarida kunduz kunlari harorat +10 darajagacha ko‘tariladi.
Mazkur kunlari shimol va vodiy viloyatlarida +5 daraja, markaziy va Toshkent viloyati hududlarida +7 darajagacha iliq haroratlar kutiladi.

Kelayotgan besh kunlikda respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ushbu xaritada uzoq davom etgan sovuq antisiklonlar seriyasining respublikadan chekinayotganini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)