• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston banklarida raqobat darajasi qanday?

    Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari O‘zbekiston bank tizimida raqobat darajasini tahlil qildi.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Mazkur tadqiqotda Herfindal-Hirshman indeksidan (HHI) foydalanildi. Herfindal-Hirshman indeksi bozor konsentratsiyasining umumqabul qilingan o‘lchovlaridan biriidir va bozor raqobatbardoshligini aniqlash uchun ishlatiladi. HHI 1 500 dan past bo‘lgan bozor raqobatbardosh bozor hisoblanadi, HHI 1 500 dan 2 500 gacha bo‘lgan bozor o‘rtacha konsentratsiyalangan va HHI 2 500 yoki undan yuqori bo‘lgan bozor yuqori darajada konsentratsiyalangan bo‘ladi.

    So‘nggi 5 yilda O‘zbekiston bank tizimida raqobat aktivlar bo‘yicha ham, kreditlar bo‘yicha ham, depozitlar bo‘yicha ham ortib bormoqda. 

    2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra aktivlar bo‘yicha HHI indeksi 1 520 bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yil 1-dekabrda esa bu ko‘rsatkich 1 016 gacha pasaydi. Kreditlar bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 1 709 dan 1 082 gacha tushdi. 

    Depozitlar bozorida bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asosan faoliyat olib borilishi sababli banklar o‘rtasida depozitlar uchun kuchli kurash mavjud va bu kurash yildan yilga ortib bormoqda. Ushbu tendensiya depozitlar bo‘yicha HHI indeksining 919 dan 852 gacha tushganida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 

    Aktivlar 

    Davlat ulushi mavjud eng yirik top-5 banklarning (“O‘zmilliy bank”, “Sanoatqurilishbank”, Asaka bank, Ipoteka bank, Agrobank) bank tizimi aktivlaridagi ulushi 70,9 foizdan 60,5 foizgacha kamaydi. 

    Davlat ulushi mavjud boshqa banklar ulushi 11 foizdan 18 foizgacha oshgan bo‘lsa, xususiy banklar ulushi 18,1 foizdan 21,5 foizgacha ko‘paydi. 

    2025-yilga borib, bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari ulushini 60 foizgacha oshirish rejalashtirilgan.

    Mazkur davrda bank tizimiga Tenge bank, TBC bank, “Anorbank”, Uzum (Apelsin) bank va Poytaxt bank kirib keldi. Ushbu banklarning jami aktivlardagi ulushi 1,8 foizga yetdi.  

    Kreditlar 

    Top-5 banklarning jami kredit portfelidagi ulushi 77 foizdan 64 foizgacha kamaydi. Xususiy banklar ulushi 11,6 foizdan 16,6 foizgacha ko‘paygan bo‘lsa, davlat ulushi mavjud boshqa banklar ulushi 19 foizga yetdi. Xususiy banklardan “Kapitalbank”, “Hamkorbank”, Ipak yo‘li bank kreditlar bozorida davlat ulushi mavjud banklar uchun ham, boshqa xususiy banklar uchun ham jiddiy raqobatchiga aylandi. 

    “Kapitalbank”ning jami kredit portfelidagi ulushi 1,2 foizdan 3,8 foizgacha oshgan bo‘lsa, Ipak yo‘li banki ulushi 1,8 foizdan 2,1 foizga ko‘paydi. “Hamkorbank” esa bozordagi 3 foizlik ulushini saqlab kelmoqda. 

    Depozitlar 

    2018-yilning boshida top-5 banklar bank tizimidagi jami depozitlarning 51,2 foizga egalik qilgan bo‘lsa, 2022-yil 1-dekabr holatiga kelib ularning ulushi 46,9 foizgacha qisqardi. 

    Xususiy banklar tomonidan jalb qilingan depozitlar ulushi 34,1 foizdan 36,4 foizgacha ko‘paydi. Davlat ulushi mavjud boshqa banklarning depozit bozoridagi ulushi 2 foiz bandga — 14,7 foizdan 16,7 foizgacha oshdi.

    Depozitlar bozorida davlat ulushi mavjud banklar va xususiy banklar o‘rtasidagi raqobatdan ko‘ra xususiy banklar o‘rtasidagi o‘zaro raqobat kuchliroq hisoblanadi. 

    “O‘zKDB bank”ning ushbu bozordagi ulushi 8,6 foizdan 3,6 foizgacha kamaygan bo‘lsa, “Kapitalbank” o‘z ulushini 4,8 foizdan 10,9 foizga yetkazib oldi. “Hamkorbank” depozitlari ulushi 5,5 foizdan 3 foizgacha kamaydi.

    Depozitlar uchun raqobatning kuchayishi muddatli depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarining jozibadorligida ham o‘z aksini topadi. 

    Masalan, 2017-yilning aprel oyida kompaniyalarning muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 5,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilning dekabr oyiga kelib 12,1 foizgacha ko‘tarildi. 2022-yilning dekabr oyida esa 16,9 foizga yetdi. 

    Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha stavka esa so‘nggi 2 yilda 20 foizni tashkil etib kelmoqda.

    25.01.2023, 18:16   Izoh (0)   3733
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ostonada nomi oshkor etilmagan McDonald’s restoranlari paydo bo‘ldi

    25.01.2023, 13:41

    2022-yilda O‘zbekiston avtomobil bozori qanday o‘zgargani tahlil qilindi

    24.01.2023, 21:18

    O‘zbekiston va “Gazprom” o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi

    24.01.2023, 17:51

    Forbes AQSHning eng saxiy milliarderlarini e’lon qildi

    24.01.2023, 15:48

    Mamlakat eksportining oshishi iqtisodiy o‘sishga qanday ta’sir qilishi tahlil qilindi

    24.01.2023, 13:50

    Kutilmagan burilish: ekspertlar Yevropada retsessiya o‘rniga iqtisodiy o‘sishni kutmoqda

    24.01.2023, 11:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.