Karam va sosiska qo‘shib tayyorlanadigan shaurma hotdoglarga o‘xshab ketadi. Unga o‘zingizga yoqqan boshqa mahsulotlarni ham qo‘shishingiz mumkin.
Kerakli masalliqlar:
- oq karamning oltidan bir qismi
- tuz — ta’bga ko‘ra
- sosiska — 2-4 dona
- tortilla yoki yupqa lavash xamiri — 2 dona
- ketchup — ta’bga ko‘ra
Tayyorlanishi:
- Karamni mayda qilib to‘g‘rang. Unga tuz qo‘shib 5-10 daqiqaga qoldiring.
- Sosiskalarni bir necha daqiqa qaynatib oling.
- Bitta yupqa lavash xamirini oling. Ichiga 1-2 ta sosiska va to‘g‘ralgan karamni soling. Ta’bingizga qarab ketchup qo‘shing va qattiq qilib o‘rang.
Yoqimli ishtaha!
Izoh (0)