Bangladeshning Chittagong shahrida yashovchi 15 yoshli Fahim bekinmachoq o‘ynayotganda konteynerga yashirinishi ortidan Malayziyaga kelib qoldi. Bu haqda India Times xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Fahim olti kun davomida ovqat va suvsiz yuk tashish konteynerida bo‘lgan. Malayziyaning Port Klang ishchilari 17-yanvar kuni Bangladeshdan kelgan konteynerni tushirayotganda uning ichida bola borligini aniqlagan. Ular bola o‘g‘irlab ketilgan deb o‘ylab, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Fahim huquq-tartibot xodimlariga do‘stlari bilan bekinmachoq o‘ynayotganida yuk tashish konteyneriga yashiringanini aytgan.
O‘yin paytida u uxlab qolgan, yuk ko‘taruvchilar esa Fahimni payqamay, tasodifan konteynerni qulflagan va uni kemaga ortgan. Port ma’muriyati Fahimga tez yordam chaqirgan. U holsizlik bilan kasalxonaga yotqizilgan. Nashrning aniqlik kiritishicha, hozirda uning hayoti xavf ostida emas. Yaqin kunlarda u vataniga qaytariladi.
Izoh (0)