Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Everton” Frenk Lempardni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Deyarli bir yildan buyon mersisaydliklarni boshqarib kelgan (2022-yil 31-yanvar) Lempard jamoa bilan xayrlashdi.

“Everton” APLda 15 ochko bilan 19-o‘rinni egallab turibdi, undan keyingi o‘rinda turgan “Sauthempton”da ham xuddi shuncha ochko mavjud.

Jamoa 22-oktabrdan buyon g‘alaba qozona olmayapti. So‘nggi bor APL doirasida “Kristal Pelas” 3:0 hisobida taslim etilgandi. Shundan buyon Lempard jamoasi 10 ta o‘yinda 8 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang natija qayd etdi.

“Everton”ning keyingi o‘yini 4-fevral kuni “Arsenal”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kripto
O‘zbekiston 2022-yilda kripto sektoridan budjetga 300 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘di
Mahalliy
“Geosiyosiy vaziyatning salbiy taʼsiri sababli inflyatsiya darajasi kutganimizdan yuqori shakllandi” — Mamarizo Nurmurodov
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi zilzila munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik yo‘lladi