• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Pochtasi, manzili, hatto telefon raqami bir xil “raqobatchilar”, lotni bo‘lishgan sheriklar — 24-yanvardagi shubhali tenderlar

    24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida bir qator shubhali tenderlar amalga oshirildi. “Daryo” muxbiri Abduqahhor Qosimov hujjatlarni monitoring qilib, eng e’tiborga molik savdolar haqida ma’lumot beradi.

    Manfaaatlar to‘qnashuvi?

    Buxoro viloyati Jondor tumani Tibbiyot birlashmasi ovqat yetkazib berish bo‘yicha autsorsing xizmati uchun 190 million so‘mlik tender o‘tkazgan. Unda “BTT Halol Baraka Ta’minot” va “Universal Ulgurji Savdo Qurilish Invest” MChJlar g‘oliblik uchun kurashgan va yakunda “BTT Halol Baraka Ta’minot” korxonasi 189 million so‘m bilan tenderni yutib olgan.

    Skrin: Statistika agentligi

    G‘olib MChJ ta’sischisi va rahbari Bozorov Tojiddin To‘xtamurodovich hisoblanadi. 

    Skrin: Xarid bayonnomasi

    E’tiborlisi va shubhalisi shundaki, ushbu lot bo‘yicha o‘tkazilgan tender komissiyasi a’zolaridan birining ismi — Xudoyev To‘xtamurod Bozorovich.

    “Daryo” muxbiri holat yuzasidan tadbirkor hamda komissiya a’zosidan izoh oldi. Ularning ikkisi ham ism-familiyalardagi o‘xshashliklar tasodif ekanini aytib, ular o‘rtasida qarindoshlik aloqalari yo‘qligini ma’lum qildi.

    “E-mail”doshlar

    Toshkent viloyati Angren shahar Tibbiyot birlashmasi issiq ovqatlar yetkazib berish uchun tender o‘tkazgan. Shartnoma summasi 57 million so‘mlik jami uchta tenderni “Bunyodkor Namunali Savdo” MChJ yutib olgan. Unga raqobat uyushtirgan “Angren Nish” MChJ esa zaxira g‘olib deb topilgan. 

    Tender ishtirokchilarining rahbariyati bilan tanishish jarayonida qiziq holatga duch keldik.

    Skrin: Statistika agentligi

    Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, g‘olib tadbirkorlik subyektining rahbari Mamarazzoqov Hasan Saidovich. Korxona manzili Toshkent viloyati Angren shahrida deb ko‘rsatilgan.

    Skrin: Statistika agentligi

    “Angren Nish” MChJ ta’sischisi Xamrayev Baxtiyor Jumaboyevich. Korxona Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan.

    Ma’lumotlarga diqqat bilan qarasak, raqobatchi tadbirkorlik subyektlarining elektron pochta manzili bir xil ekanini payqash mumkin: angren.yadm@umail.uz manziliga xat jo‘natsak, ikkala korxona ham xabardor bo‘larkan. “Bu yo tasodif, yo o‘ta hayratlanarli darajada tasodif”.

    Bunisi endi manzildoshlar

    Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani tibbiyot birlashmasi tayyor issiq ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 310 million so‘mlik 3 ta tender o‘tkazgan. Ushbu lotda ham yuqoridagi kabi holatga duch keldik.

    Gap shundaki, tenderni yutib olgan “Sokin Osmon Sexri” MChJ va zaxira g‘olib “Begoyim Savdo Madadkori” MChJ rahbariyati o‘rtasida bog‘liqlik bor.

    Skrin: Statistika agentligi
    Skrin: Statistika agentligi

    Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ikki “raqobatchi” korxonalarning elektron pochta hamda joylashuv manzillari bir xil. Juda ham qiziq.

    Tender-shou

    Buxoro elektr bilan ta’minlash distansiyasi avtomototransportlarni ulgurji hamda chakana savdo va ta'mirlash xizmatlari bilan ta’minlash uchun 135 million so‘mlik tender o‘tkazgan. Unda Buxara Auto Leader va Pit Stop Avto MChJlar raqobat uyushtirgan, yakunda birinchi tadbirkorlik subyekti 128 million 250 ming so‘m bilan tenderni yutib olgan.

    Ammo mana shu MChJlar bir tadbirkorga tegishli, hujjatlar shunaqa ko‘rsatyapti:

    Skrin: Statistika agentligi
    Skrin: Statistika agentligi

    Bunisi endi aniq tasodif emas. Ergashev Shahriyor Baxtiyorovich o‘ziga tegishli ikkita korxona bilan maskarad uyushtirgan va g‘irrom tarzda tenderni yutib olgan. 3 nafar komissiya a’zosi esa bir og‘iz e’tirozsiz, savdoga rozilik bildirgan.

    Tenderdagi sheriklar

    Toshkent viloyati Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tibbiy maqsadlarda ishlatiladigan dorilar va materiallar xarid qilish bo‘yicha tender o‘tkazgan. Unda biz avvalgi materiallarimizning birida eslab o‘tganimiz: Innovamed va Equimed MChJ “raqobatlashgan”.

    Gap shundaki, ular 20-yanvar kuni ham Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi o‘tkazgan 500 million so‘mlik tenderda qatnashgan va aslida bir-biriga aloqador korxonalar ekani aniqlangandi. 

    Skrin: Statistika agentligi

    G‘olib Innovamed’ning rahbari Utkurov Ibrohim Rustam o‘g‘li bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida boshqa — Time Ex Logistics MChJning ham ta’sischilaridan biri hisoblanadi.

    Skrin: Statistika agentligi

    O‘z navbatida, Time Ex Logistics MChJning yana ikkita ta’sischisi bor. Biri rahbar ham hisoblangan Abdulaziz Sarvar Sanjar o‘g‘li, ikkinchisi esa Farmonov Azamat Raxmat o‘g‘li.

    Skrin: Statistika agentligi

    Farmonov Azamat esa tenderda Innovamed’ga raqobat taklif qilgan Equimed’ning rahbari hisoblanadi.

    Nazorat qiluvchi organlarning vaziyatga yetarli darajada e’tibor qaratmagani ortidan ushbu shaxslar kamida ikkinchi bor tenderlarni soxtalashtirmoqda.

    ”Allo? Uzr, adashib raqobatchiga tushibman”

    Bunisi endi klassika! Samarqand viloyati Payariq tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlar uchun maxsus forma tayyorlash bo‘yicha umumiy qiymati 28 million 400 ming so‘mlik 2 ta tender o‘tkazgan. Unda “Burgut LYX” va ”Superstar M” MChJlar raqobatlashgan va yakunda “Burgut LYX” tenderni yutib olgan.

    Tender qatnashchilarining rahbariyati bilan tanishish jarayonida qiziq holatga duch keldik:

    Skrin: Statistika agentligi
    Skrin: Statistika agentligi

    Rahmatov Mehriddin va Mamatov Sharofiddin tenderni soxtalashtirishda deyarli xatosiz ishlashgan. Na korxona ta’sischilari orasida o‘xshashlik bor, na yuqoridagilar kabi e-mail yoki manzil sotib qo‘ymaydi. Ammo bir qarashda shubhali jihat yo‘qdek tuyulgan vaziyatda ikkala korxonaning aloqa telefon raqamlari bir xil ekani pand berib qo‘ymoqda. Attang...

    Komissiya a’zolariga esa har doimgidek farqi yo‘q: ular bir ovozdan rozi!

    Mas’ullardan ushbu shubhali tenderlar natijalariga e’tibor qaratib, noqonuniy holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni so‘raymiz.

    24.01.2023, 22:21   Izoh (0)   10382
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Abduqahhor Qosimov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqand kardiologiya dispanseri 620 mln so‘mlik tender o‘tkazdi. Unda bir tadbirkorga tegishli ikkita MCHJ “raqobatlashgan”

    20.01.2023, 15:26

    O‘zini o‘zi yenggan tadbirkor, qarindoshiga yordamlashgan hakam, tugatilgan korxonaning ishtiroki — 20-yanvardagi shubhali tenderlar

    20.01.2023, 20:30

    “Yangi yil sovg‘asi”, bir xil familiyali raqobatchilar, soxtalashtirilgan savdo — 23-yanvardagi qiziqarli tenderlar

    23.01.2023, 20:54

    Toshkentda yoʻlovchi avtobusi qizil chiroqda harakatlandi (video)

    24.01.2023, 21:46

    Toshkent viloyatida tez yordam xodimini kaltaklagan fuqaro ushlandi

    24.01.2023, 21:22

    “Fevral oxiriga borib piyoz narxi 4 000 soʻm atrofida boʻladi” – Fermerlar kengashi

    24.01.2023, 20:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qayiq ustida raqsga tushgan indoneziyalik bola internet yulduzga aylandi (video)

    Layfstayl | 26 iyul, 14:30

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 27 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 14:21

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39

    “Real” Vinisius o‘rniga to‘purar hujumchi olib keladi — Cadena Ser

    Sport | 26 iyul, 13:35

    Issiqda ehtiyotkorlik bilan iching: qahva yozda organizmga qanday ta’sir qiladi?

    Layfstayl | 26 iyul, 13:25

    Tailand Kambodja bilan chegaradagi bahsli cho‘qqini nazoratga oldi

    Dunyo | 26 iyul, 13:05

    Butunjahon hojatxonalar tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.