• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    Oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit olishga arizalar qabuli boshlandi: shartlar, talablar va batafsil ma’lumot

    O‘zbekistonda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali imtiyozli kredit olish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi. Bu haqda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi xabar bermoqda. 

    Ariza yuborish uchun mazkur havolaga o‘tish kerak → ariza yuborish.

    Foto: “Oilakredit.uz”

    Foto: “Oilakredit.uz”

    Imtiyozli kredit olish uchun Arizachi—Manzil—Xarajatlar—Daromadlar ko‘rinishida ma’lumotlar kiritilishi kerak. Ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilgandan so‘ng arizani ko‘rib chiqish jarayoni boshlanadi.

    Imtiyozli kredit quyidagi maqsadlar uchun olish mumkin: 

    • oilaviy tadbirkorlik
    • baliqchilik
    • dehqon xo‘jaliklari
    • hunarmandchilik

    Kredit miqdori va foiz stavkasi qancha?

    Kreditlar yillik 14 foiz stavkada jismoniy shaxslarga 33 mln so‘mgacha, kichik tadbirkorlik subyektlariga 225 mln so‘mgacha, tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda 225 mln so‘mdan ortiq miqdorda ajratiladi.

    Kredit qancha muddatga beriladi?

    • 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan ma’lum mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish maqsadida;
    • 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik uchun;
    • 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga – oilaviy mehmon uylari, xostellar, ekouylar majmuasi, o‘tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta’mirlash uchun;
    • 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga – bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun;
    • 3 yilgacha muddatga – “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari va boshqalar uchun ajratiladi.

    Kredit uchun ta’minot kerakmi?

    Ta’minot sifatida:

    • 33 mln so‘mgacha — jismoniy shaxslarga hokim yordamchisining tavsiyasi;
    • 225 mln so‘mgacha — hokim yordamchisining tavsiyalari asosida uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, mol-mulklar garovi va boshqalar;
    • 225 mln so‘mdan ortiq miqdorda — hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan ta’minot turlariga asosan ajratiladi.

    Hokim yordamchisi qarz oluvchining arizasiga asosan uning obyektiga chiqqan holda faoliyat turi bo‘yicha shart-sharoitlar, imkoniyat hamda yetarli ko‘nikma mavjudligini o‘rganadi.

    Shundan so‘ng kredit ajratish uchun tavsiyanoma yoki uni rad etish to‘g‘risidagi xulosani besh ish kuni mobaynida Yagona elektron platformaga joylashtiradi.

    Kreditlar qaysi banklar tomonidan ajratiladi?

    Kreditlar “Agrobank”, “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” tomonidan ajratiladi.

    Kreditni uydan chiqmasdan turib qanday olish mumkin?

    “Oilakredit.uz” platformasi orqali kreditni quyidagi tartibda masofadan turib olish mumkin:

    Kredit ajratish to‘g‘risidagi onlayn ariza to‘ldiriladi va masofadan imzolanadi. Kiritilgan ma’lumotlar va axborotlar bazasiga asoslanib, skoring jarayoni o‘tkaziladi.

    Ijobiy skoring natijalaridan so‘ng, mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining ijobiy tavsiyanomasi yoki kredit ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosasi elektron tarzda taqdim etiladi.

    Marketpleys (elektron do‘kon) orqali ta’minotchi bilan qarz oluvchi tomonidan erkin va mustaqil ravishda elektron shartnoma tuziladi.

    Marketpleys tizimi orqali ta’minotchi tomonidan mahsulot yetkazib berilgani to‘g‘risidagi elektron hisob-faktura shakllantiriladi.

    Xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan arizachi o‘rtasidagi kredit ajratish to‘g‘risidagi shartnoma elektron shaklda tuziladi va imzolanadi.

    Mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining mahsulot yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi monitoring dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.

    Har bir bosqichdagi tegishli hujjatlar qarz oluvchi, bank, ta’minotchi, va hokim yordamchisi tomonidan Elektron raqamli imzo kaliti bilan imzolanadi.

    Tasdiqlanganidan so‘ng kredit mablag‘lari hisobidan pullar ta’minotchining hisobvarag‘iga ko‘chirib beriladi.

    Elektron raqamli imzo kalitini “e-imzo.uz”dan olish mumkin.

    Quyidagi hollarda tavsiyanomalar berilmaydi:

    • loyihani amalga oshirish uchun qarz oluvchida shart-sharoit bo‘lmaganda;
    • yetakchi tadbirkorlik subyektlari va “Tomorqa xizmati” bilan kooperatsiya asosida ishlayotgan fuqarolarga;
    • mavsumga xos bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga;
    • ariza beruvchi nomidan boshqa fuqaro kredit olishni maqsad qilgani aniqlanganda;
    • qonunchilikka zid bo‘lgan faoliyat amalga oshirilishi aniqlanganda.

    Yagona elektron platforma orqali ariza yuborilgandan so‘ng u bir kun muddatda skoring baholash jarayonidan o‘tkaziladi.

    Quyidagi hollarda ariza tizim tomonidan skoring ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi:

    • qarz oluvchining oldin yuborgan arizasi ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lganda;
    • 18 yoshga to‘lmagan fuqaro nomidan ariza berilganda;
    • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga;
    • muomala layoqati cheklangan yoki mehnatga layoqatsiz fuqaro nomidan ariza berilganda;
    • dastur doirasida to‘liq qaytarilmagan kredit mavjud bo‘lganda;
    • bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lganda;
    • avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalanilganda;
    • salbiy kredit tarixiga ega bo‘lganda;
    • soliq organlari, majburiy ijro byurosi organlari va boshqa to‘lovlardan qarzdorligi mavjud bo‘lganda.
    20.01.2023, 14:45   Izoh (0)   90349
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSHdagi eng yaxshi va eng yomon aviakompaniyalar e’lon qilindi

    20.01.2023, 10:52

    AQSH Rossiya nefti uchun barreliga 60 dollarlik cheklovni saqlab qolishni talab qilmoqda

    20.01.2023, 10:39

    Yevropa Ittifoqida millioner bankirlar soni 40 foizdan oshgani ma’lum bo‘ldi

    20.01.2023, 00:48

    Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda “yashil” vodorod zavodini quradi

    20.01.2023, 00:09

    Vikipediya 10 yil ichida birinchi marta sayt dizaynini o‘zgartirdi

    19.01.2023, 20:09

    O‘zbekistonda yangi aviakompaniya — Centrum Air tashkil etilmoqda

    19.01.2023, 19:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH birinchi xonimi Putinga maktub yo‘lladi

    Dunyo | 17 avgust, 14:15

    Toshkent ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalarni chuv tushiruvchi firibgarlar paydo bo‘ldi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 13:40

    “Netanyaxuning o‘zi muammoga aylangan” — Daniya bosh vaziri

    Dunyo | 17 avgust, 13:05

    Heytga uchragan Kerem Bursin, Pokizaning g‘alati hobbisi, Hande Erchelning nikoh marosimi — Turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 17 avgust, 12:35

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 12:10

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.