• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    10 kunlik detoks: qanday qilib va nima uchun shakardan voz kechish kerak?

    Ko‘pgina parhezshunoslar, shakar va kraxmalli ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish noto‘g‘ri ovqatlanish emas, balki biologik kasallik ekanini ta’kidlaydi. Shakar va uglevodlar gormon va neyrotransmitterlar tomonidan boshqariladi. Natijada nazoratsiz shakar iste’moli va ortiqcha ovqatlanish, afsuski, pechenye, shirinlik, gazli ichimlik, souslar ko‘plab zamonaviy odamlarning odatiy ratsioniga kiradi va ular salomatlik uchun katta xavf tug‘diradi. Bir tadqiqotda Garvard tadqiqotchilari sutli kokteyl nafaqat qondagi qand miqdori va insulin darajasini oshirib, shakarga bo‘lgan ishtiyoqni qo‘zg‘atadi, balki miyada ham o‘zgarishlarga olib kelishini aniqladi, deb yozadi Marie Claire.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Shakarga bo‘lgan ishtiyoqdan xalos bo‘lish va sog‘liqqa zarar yetkazadigan uglevodlarga qaramlikni bartaraf etish uchun detoks rejasiga amal qilish kerak. Organizmni tozalash va qayta tiklash uchun ushbu qoidalarga faqat 10 kun rioya qilish kifoya!

    Shirinliklardan birdan voz keching

    Afsuski, to‘liq rad etishdan tashqari, chinakam fiziologik qaramlik bilan kurashishning hech qanday usuli yo‘q. Shirinliklarni iste’mol qilishdan birdaniga to‘xtash kerak: shakarli barcha mahsulotlar, xamir ovqatlar va barcha sun’iy ta’m beruvchilar. Shuningdek, tarkibida transyog‘lar yoki natriy glutamatdan ham voz kechish tavsiya etiladi.

    Kaloriyaga boy ichimlik ichmang

    Shakarning suyuq shakllari shakar yoki unli qattiq oziq-ovqatlarga qaraganda ancha zararli. Tasavvur qiling-a, shakarli ichimliklar to‘g‘ridan to‘g‘ri jigarga kiradi. To‘qlik hissi paydo bo‘lmaydi, shuning uchun kun davomida ovqatlanish istagi qiynaydi, natijada shakar va uglevodlar yanada ko‘proq qabul qilinadi.

    Gazli ichimlik, shirin choy yoki qahva, barcha sharbatlar va energetik ichimliklar kaloriyaning eng katta manbai hisoblanadi. Esingizda bo‘lsin, yarim litr gazli ichimlik 15 choy qoshiq shakarni o‘z ichiga oladi. Kuniga bir butilka gazli ichimlik bolada semirib ketish xavfini 60 foizga, ayollarda esa qandli diabet xavfini 80 foizga oshiradi.

    Ratsionga ko‘proq oqsil qo‘shing

    Har bir taomda, ayniqsa nonushtada oqsilga boy taomlarni iste’mol qilishga harakat qiling. Bu muvozanatli shakar va insulinning kalitidir, shuningdek, shakarga bo‘lgan ishtiyoqni kamaytiradi. Yong‘oq, urug‘, tuxum, baliq iste’mol qilish tavsiya etiladi.

    Oddiy uglevodlarni cheksiz miqdorda iste’mol qiling

    Ko‘katlar, karam (gulkaram, brokkoli, Bryussel karami va boshqalar), yashil loviya, piyoz, qovoqcha, pomidor, baqlajon, bodring kabi kraxmali bo‘lmagan sabzavotlardan iste’mol qilishga ruxsat beriladi. Kartoshka, qovoq va lavlagi ratsiondan 10 kunga chiqarib tashlanishi kerak.

    Yog‘ yordamida shakar bilan kurashing

    Ortiqcha vaznning sababi yog‘ emas, balki shakardir. Yog‘ to‘qlikni keltirib chiqaradi va hujayralarni oziqlantirish uchun zarurdir, qonda shakar darajasini muvozanatlashda yordam beradi. Yong‘oq va urug‘lar, zaytun yog‘i, kokos yog‘i, avokado va omega-3 yog‘ kislotalari kabi sog‘lom yog‘larni har bir taom va gazakda oqsil bilan birga iste’mol qilish tavsiya etiladi.

    Favqulodda vaziyatlarga tayyorlaning

    Qonda shakar darajasi pasaygan vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish muhimdir va bunga sog‘lom ovqatlanish uchun qulay bo‘lmagan joylar, masalan, aeroport yoki ofis sabab bo‘lishi mumkin. 10 kunlik detoks uchun ovqatlanish haqida oldindan o‘ylab ko‘rish va foydali gazaklardan bodom, yong‘oq, qovoq urug‘lari, rezavor, sabzavotlarni iste’mol qilish mumkin.

    Yallig‘lanish jarayonini to‘xtating

    Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yallig‘lanish qonda shakar muvozanati buzilishi va qandli diabetning sababidir. Yallig‘lanish jarayonlarining eng keng tarqalgan manbai shakar, un va transyog‘laridan tashqari, bir qator oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan yashirin qarshilikdir. O‘n kun davomida glyuten va sut mahsulotlarini rad etish lozim. Buni qilish oson bo‘lmaydi, lekin ularsiz ikki yoki uch kundan so‘ng yangi energiya to‘lqini paydo bo‘ladi, ortiqcha vazn va ko‘plab nosog‘lom alomatlar yo‘qoladi.

    Yetarlicha uxlang

    Uyquning yetishmasligi shakar va uglevodlarga bo‘lgan ishtiyoqni keltirib chiqaradi, chunki bu to‘qlik gormonlariga ta’sir qiladi. Tadqiqotlarda tavsiya etilgan sakkiz soatlik uyqudan atigi ikki soatidan mahrum bo‘lgan talabalarda ochlik gormonlarining ko‘payishi, ishtahani bostiruvchi gormonlarning kamayishi, shakar va oddiy uglevodlarga bo‘lgan ishtiyoqning oshishi kuzatildi. Biror kishi yetarlicha uxlamasa, u energiyaga ega bo‘lmaydi, shuning uchun u osonroq hazm bo‘ladigan shakarni iste’mol qiladi. Uyqu — ortiqcha ovqatlanish bilan kurashishning eng yaxshi usuli. Uxlash orqali uglevodlarga bo‘lgan ishtiyoq va ortiqcha vazn bilan osongina kurashish mumkin.

    Shakarsiz sog‘lom shirinliklar

    Meva va rezavorlardan tayyorlanadigan salat va smuzilar, ularning quritilganini bemalol iste’mol qilish mumkin. Faqatgina mevalarni boshqa ovqatdan keyin darhol iste’mol qilmaslik kerak, buning uchun 1-2 soat kutish lozim, aks holda fermentatsiya boshlanadi va natijada sog‘liqda o‘zgarishlar kelib chiqadi. Tabiiy qora shokolad ham sog‘lom shirinliklarga tegishli, ammo uning tarkibida kamida 70 foiz kakao bo‘lishi kerak.

     

    Mavzuga doir:

    • С vitamini: qaysi mahsulotlar tarkibida bor, nima uchun foydali va u koronavirusni davolashda yordam beradimi?
    • Ishtahasizlikni yengib o‘tishning 12 usuli: sinab ko‘ring, ular chindan ham yordam beradi
    • Vazn ortishi, qaramlik sindromi: qahvadan bir muddat voz kechishingiz kerakligini bildiruvchi 4 ta belgi
    20.01.2023, 20:55   Izoh (0)   18428
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hayron qolasiz: Sevimli yeguliklarimiz aslida nimadan tayyorlanishini bilasizmi?

    20.01.2023, 10:53

    Burun bitishini qanday bartaraf etish mumkin?

    19.01.2023, 20:45

    Barcha turdagi og‘riqlarni bartaraf etishga yordam beradigan tabiiy mahsulotlar

    18.01.2023, 18:41

    Qadoqlarsiz harakatlaning: Poyabzal oyoqlarga zarar bermasligi uchun nima qilish kerak?

    18.01.2023, 16:10

    Lavlagi, sarimsoq va jigar faoliyatini yaxshilovchi boshqa mahsulotlar  

    17.01.2023, 21:45

    Homiladorlikning birinchi trimestrida ratsiondan qanday mahsulotlar o‘rin olishi kerak?

    17.01.2023, 18:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mask giyohvand moddalar iste’mol qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    Dunyo | 1 iyun, 11:30

    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi

    Reklama | 1 iyun, 12:00

    2024/25-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi: eng yaxshi to‘purar va assistentlar aniqlandi

    Sport | 1 iyun, 11:02

    Rossiyada yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 1 iyun, 10:40

    Tojikistondan 16 kilo giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 09:45

    10 sutka qamoq va jarima. Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 08:57

    YCHL. “PSJ” finalda “Inter” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, chempionlikni qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 1 iyun, 07:59

    DNK orqali inson yuzini shakllantiruvchi texnologiya yaratildi

    Dunyo | 1 iyun, 07:30

    Toshkent viloyatidagi tezkor tadbirlarda qariyb 40 kg giyohvandlik vositasi, 30 dona qurol, 1,6 mingta tig‘li jism aniqlandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 06:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.