Captiva-5 ga pul to‘lab, avtomobilni ololmagan iste’molchilardan biri O‘.Qahhorov sudda UzAuto Motors ustidan yutib chiqdi. Bu haqda Rasul Kusherbayev xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi tumanlararo sudi va viloyat apellyatsiya sudi iste’molchining talablarini rad qilib, UzAuto Motors va uning dilerlik markazi foydasiga qaror chiqargan. Shartnoma shartlari esa bajarilmagan.
Oliy sud 17-yanvar kuni UzAuto Motors’ning Captiva-5 avtomobilini yetkazib bermaslik bo‘yicha vajlarini asossiz deb baholab, kompaniya va diler zimmasiga shartnoma bo‘yicha avtomobilni iste’molchiga yetkazib berish, kechikkan kunlar uchun penya to‘lash majburiyatini yukladi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)