• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.73
    • RUB158.34
    • EUR14764.66
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Yaqin yetti yil ichida Markaziy Osiyoda elektr energiyasiga talab 30 foizga oshadi

    Iqtisodiyot va aholi sonining o‘sishi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘z rivojlanishi uchun ko‘proq energiyaga muhtoj. Mintaqada iqlim o‘zgarishining kuchayib borayotgan ta’siri mamlakatlar uglerod chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirishi, toza va qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tishni tezlashtirishi kerakligini anglatadi.

    Osiyo taraqqiyot banki (OTB) CAREC (Markaziy Osiyo Mintaqaviy Iqtisodiy Hamkorligi) “Energetika istiqboli 2030” hisobotida mamlakatlardagi energetika manzarasi va bozor tendensiyalarini, mintaqaviy hamkorlikka hissa qo‘shayotgan mamlakatlar va rivojlanish sherikliklarini tahlil qilish orqali mintaqaning energetika kelajagini tanqidiy baholadi (pdf).

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Nashr Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari, shuningdek, ularga qo‘shni bo‘lgan Mo‘g‘uliston, Pokiston va Xitoyga e’tibor qaratadi.

    Quyida Markaziy Osiyo va CAREC mintaqasining boshqa mamlakatlari uchun energiya istiqbollari haqida beshta fakt keltirilgan.

    CAREC mintaqasida energiyaga bo‘lgan talab (Xitoydan tashqari) 2030-yilga borib 30 foizdan ortiq o‘sadi

    2020-yilda CAREC mamlakatlarida energiyaga talab (Xitoydan tashqari) 204 million tonna neft ekvivalentini tashkil etdi. 2030-yilga borib, bu ko‘rsatkich taxminan 32 foizga oshadi, bunda elektr energiyasi eng yirik iste’mol manbalaridan biriga aylanadi.

    Energiya tarkibidagi tabiiy gaz iste’moli ham o‘sishi kutilmoqda, bu uning elektr energiyasini ishlab chiqarish va turar-joy hamda sanoat tarmoqlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilish uchun yonilg‘i sifatidagi ustun mavqeini aks ettiradi.

    Yetkazib berish va taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish energiya samaradorligini oshiradi

    Sovet Ittifoqining eskirgan energetika infratuzilmasidan foydalanishda davom etayotgan alohida Markaziy Osiyo davlatlari bugungi kunda dunyodagi energiya tejamkorligi past 20 ta davlat qatoriga kiradi. Elektr sohasida energiya yo‘qotishlari 20 foizga yetishi mumkin.

    Elektr tarmog‘ini yangilash va aqlli hisoblagichlarni o‘rnatish energiya yo‘qotishlarini minimallashtirish, mamlakatlarning uglerod izini kamaytirish va mintaqadagi energetika kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini oshirishga yordam beradi.

    CAREC mintaqasida uzatish va tarqatish infratuzilmasini yangilash Xitoydan tashqari 25-49 milliard dollar va Xitoyni hisobga olgan holda 768-901 milliard dollarga baholanmoqda.

    Shamol va quyosh energiyasi juda raqobatbardosh bo‘lib bormoqda

    Gidroenergetika hozirda CAREC mintaqasida qayta tiklanadigan energiyaning eng yirik manbai bo‘lib, 2019-yil holatiga ko‘ra 380 gigavattdan (GVt) o‘rnatilgan ishlab chiqarish quvvatiga ega, shu jumladan Xitoy, Tojikiston, Qirg‘iziston va Gruziya asosan gidroenergetikaga tayanadi.

    Shamol va quyosh energiyasiga investitsiyalar ham foydali bo‘lib bormoqda, ishlab chiqarish xarajatlari 2010-yildan beri mos ravishda 80 foiz va 35 foizdan oshdi.

    Hozirda shamol va quyosh energiyasi mintaqada o‘rnatilgan quvvatlarning atigi 6 foizini tashkil etadi.

    Mintaqa shamol va quyosh energiyasining ulkan salohiyatini ochish uchun keng ko‘lamli davlat investitsiyalariga muhtoj, biroq boshqa narsalar qatori tartibga soluvchi islohotlar va rag‘batlantirish mumkin bo‘lgan xususiy sektorning ishtiroki juda muhimdir.

    CAREC mintaqasi (Xitoydan tashqari) energiyaga taxminan 340 milliard dollar sarmoyaga muhtoj

    CAREC mamlakatlari bozorining kattaligi va infratuzilmani modernizatsiya qilish zarurligini hisobga olgan holda, uning energiya investitsiyalariga bo‘lgan ehtiyoji 2030-yilga kelib (Xitoydan tashqari) 136—339 ​​milliard dollarga baholanmoqda.

    Agar Xitoy ham ushbu hisob-kitobga kiritilsa, mintaqaning sarmoyaviy ehtiyojlari 2,9-3,8 trillion dollarga baholanmoqda. Bularga energiya ishlab chiqarish va energiya samaradorligiga investitsiyalar kiradi.

    Mintaqa o‘z energiya xavfsizligini turli kuchlanish darajalariga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlarini bog‘laydigan va mintaqaviy elektr energiyasi savdosini ta’minlaydigan Markaziy Osiyo energiya tizimi kabi transchegaraviy infratuzilma orqali yanada oshirishi mumkin.

    CAREC mamlakatlari energiya bilan bog‘liq uglerod chiqindilarini kamaytirish uchun choralar ko‘radi

    CAREC mamlakatlari iqlim o‘zgarishini yumshatishga yordam berish uchun energiya bilan bog‘liq uglerod chiqindilarini kamaytirish majburiyatini oldi.

    Milliy ravishda belgilangan hissalar (NDC) deb nomlanuvchi ushbu majburiyatlar mamlakatlarga qarab farqlanadi. Muayyan ssenariylarga ko‘ra, 2030-yilga kelib emissiyalar odatdagidek biznes ssenariysiga nisbatan 18 foiz yoki 30 foizga kamayishi kutilmoqda.

    CAREC davlatlari, shu jumladan Xitoy ham 2020-yil darajasidan 2030-yilga kelib o‘zlarining umumiy emissiyalarini 30 foizga kamaytirish ustida ishlamoqda. Ushbu pasayishlarga erishish uchun mamlakatlar qayta tiklanadigan energiya va atom energiyasidan foydalanishni kengaytirmoqda, ko‘mirdan gazga o‘tmoqda va energiya samaradorligi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

    CAREC (Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi) 1997-yilda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Kavkaz va Janubiy Osiyoning qo‘shni mintaqalari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mintaqaviy hamkorlik dasturidir.

    CAREC a’zolari Afg‘oniston, Ozarbayjon, Xitoy, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston kabi davlatlardir.

    CAREC hamkor tashkilotlari: OTB, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Islom taraqqiyot banki, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP), Jahon banki.

    15.01.2023, 08:30   Izoh (0)   31318
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi rekord darajaga yetdi

    13.01.2023, 21:52

    Qozog‘iston Rossiya orqali Germaniyaga neft yetkazib berishga ruxsat oldi

    13.01.2023, 14:31

    Yevropa Ittifoqi tanqislik tufayli zarur dori-darmonlarning strategik zaxirasini yaratadi — FT

    13.01.2023, 13:10

    “Eng katta sinov — yetkazib berish xizmatlari”. O‘zbekistonga ko‘chib kelgan rossiyalik mutaxassis taassurotlari

    12.01.2023, 21:16

    Xitoyda 2022-yilda inflyatsiya 2 foiz bo‘ldi

    12.01.2023, 13:42

    Shayxontohurda keskin o‘sish: dekabr oyida Toshkentdagi uylarning ijara narxi qanday o‘zgardi?

    12.01.2023, 13:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gruziyada 7 ta NATO davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:45

    Polsha Tayvandan dron xarid qilish bo‘yicha Yevropada yetakchiga aylandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:10

    Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi borasida global hamkorlikka chaqirdi

    Dunyo | 27 iyul, 21:57

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.