Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining qoldirilgan 7-tur bahsida “Chelsi” 12-yanvar, payshanba kuni “Fulhem” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida Villian sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi.
47-daqiqada esa Kalidu Kulibali esa muvozanatni tikladi. 58-daqiqada londonliklarning yangi futbolchisi Joau Feliks qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda “aristokratlar” bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. 73-daqiqada esa Karlos Vinisius “Fulhem”ning ikkinchi golini urdi va g‘alabani ta’minladi.
“Chelsi” ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng 25 ochko bilan musobaqa jadvalining 10-o‘rnida bormoqda. 3 ochkoga ega bo‘lgan “Fulhem” esa 31 ochko jamg‘arib, 6-pog‘onani band etgan.
APL
7-tur bahsi
12-yanvar, payshanba
“Fulhem” — “Chelsi” 2:1
Gollar: 1:0 – 25 Villian, 1:1 – 47 Kulibali, 2:1 – 73 Vinisius.“Fulhem”: Leno, Tete, Rim, Adarabioyo, Robinson, Rid (Kerni, 68), Pereyra (Jeyms, 90), Palinya, Villian (Solomon, 83), Dekordova-Rid (Uilson, 68), Vinisius (Chaloba, 90).
“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Tiago Silva, Kulibali, Chaloba (Kukurelya, 79), Xoll (Chukvuemeka, 79), Kovachich (Gallaher, 79), Zakariya (Jorjinyo, 56), Maunt (Ziyosh, 80), Haverts, Joau Feliks.
Ogohlantirishlar: Robinson (9), Pereyra (14), Chaloba (36), Xoll (62), Maunt (76), Adarabioyo (84), Leno (90).
Chetlatish: Joau Feliks (58).
Izoh (0)