• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Bollivuddan haydalgan, Hindiston prezidentidan mukofot olgan: Vidya Balanning mashaqqatli hayot yo‘li va ijodi haqida (foto)

    “Kech gullagan gul” — bu to‘liq Bollivud aktrisasi Vidya Balanning hayoti va karyerasiga tegishli. Aktrisa 16 yoshida kino olamdagi faoliyatini boshladi, biroq 30 yoshidan keyin  mashhurlikka erishdi. Ko‘plab aktrisalar kinoni tark etganida yoki qahramonlarining fe’l-atvoriga moslashganda, u hayotidagi ajoyib, ko‘p qirrali va yorqin rollarni ijro etdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    U mantiq, tarix va me’yorlarga qarshi borib, tomoshabinlar va tanqidchilarning qalbini zabt etdi, shu bilan birga, Bollivuddagi ko‘p qirrali va iste’dodli aktrisalardan biriga aylandi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Vidya muvaffaqiyatga erishishdan oldin uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. U 1979-yilning 1-yanvarida Hindistonning Bombey shahrida (zamonaviy Mumbay) tug‘ilgan, uning otasi Balan Tamildan Bombeyga ish sababli ko‘chib o‘tdi. Aktrisaning onasi Sarasvati Keraladan, shuning uchun oilada tamil va malayalam tillarida teng so‘zlashiladi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Vidyaning Priya ismli opasi bor va uning amakivachchasi Priyamani taniqli janubiy hind aktrisasi hisoblanadi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Vidya o‘rta maktabda o‘qib yurgan paytida Hindistondagi birinchi sun’iy yo‘ldoshi sitkomida,  yosh va tajribasiz Ekta Kapur tomonidan suratga olingan “Besh kishimiz” loyihasida rol o‘ynagan. Ekta otasi, aktyor Jitendra Ektani televizion prodyuserlikda o‘zini sinab ko‘rishga ruxsat berganida, u atigi 19 yoshda bo‘lgan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Ularning kichik ofislari bor edi va kam mablag‘ ketadigan suratga olish ishlari va sun’iy yo‘ldosh televideniyesida sotilishi mumkin bo‘lgan kam budjetli seriallar uchun g‘oyalarni qidira boshladi. Besh opa-singil o‘sgan oila haqidagi “Besh kishimiz” kulgili serialining tarixi shunday paydo bo‘ldi. Suratga olish ishlarini olib borish uchun deyarli mablag‘ yo‘q edi, shuning uchun Ekta o‘z ishlari uchun juda kam mablag‘ talab qiladigan yangi aktrisalarni qidirdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Vidyaning otasi kabel televideniyesi kompaniyasining rahbari edi. Kastingdan xabar topgach, u qizining filmda suratga tushishini taklif qildi. Keyin hech kim bu yangi sun’iy yo‘ldosh televideniyesi haqiqatan ham mashhur bo‘lib, juda ko‘p mablag‘ olib kelishini o‘ylamagan edi. “Besh kishimiz” filmi haqiqatan ham xit darajasiga chiqdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Vidya sitkomning birinchi mavsumida, 1995-yildan 1999-yilgacha suratga tushgan. Loyiha tugashi bilan unga darhol boshqa seriallarda ishtirok etish taklif qilindi, biroq aktrida ularni ishonch bilan rad etdi, chunki u katta loyihalarda ishtirok etib mashhur aktrisa bo‘lishni xohladi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Bu esa uning kinokaryerasida jiddiy ish bermadi. Aktrisaga 2000-yilda, serial tugaganidan so‘ng, Mammuti bilan partnyorlikdagi “Chakram” nomli malayalam tilida suratga olinishi kerak bo‘lgan filmdan bosh rolni taklif qilishdi. Bu uning uchun mukammal debyut bo‘lishi va katta mashhurlik olib kelishi kerak edi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Besh kishimiz” serialining aktrisalaridan biri malayalam kino sanoatida mashhurlik izlayotgani (yodda tuting, malayalam tili Vidyaning ona tili hisoblanadi) haqidagi xabarlar allaqachon matbuotda paydo bo‘la boshlagan edi. Aktrisaga yana o‘nlab filmlardan taklif tushdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Keyinchalik Mammuttining filmi mablag‘ni yo‘qotdi. Aktrisaning muxlislari bu Vidyaning aybi ekaniga amin edi, u “lan’atlangan” deb e’lon qilindi va Bollivuddan haydaldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    U katta budjetli filmda Madhavan bilan birga rol o‘ynab, tamil tilidagi filmlarda suratga tusha boshladi. Biroq suratga olish jarayonlarining o‘rtasida uni ishdan bo‘shatishdi va o‘rniga boshqa aktrisani olishdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Uchinchi tamil tilidagi filmda u yana suratga olish ishlarining o‘rtasida Trisha ismli aktrisa bilan almashtirildi. Muvaffaqiyatsizlikdan charchagan Vidya malayalam kino olamiga qaytib keldi va hech qachon chiqarilmagan kam byudjetli filmda rol o‘ynadi. Shu bilan birga, uning o‘zidan 5 yosh kichik bo‘lgan amakivachchasi Priyamani allaqachon telugu va tamil tilidagi kino sanoatida yaxshi natijaga erishgan edi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Uning birinchi suratga tushgan serialidagi hamkasblari o‘zlarining teledasturlarini olib borishar edi va Bombey kino sanoatida o‘smir modellar filmlarda bosh rollarni ijro etayotgan edi, “keksa” 22 yoshli Vidya esa 6 yillik aktyorlik tajribasiga bo‘lsa-da, ortda qoldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Vidya o‘z karyerasini qurishda davom etdi. U reklama roliklarida va musiqiy videolarda rol o‘ynadi. Keyinroq aktrisa bengal tilidagi loyihada suratga tushdi va tomoshabinlarni o‘ziga jalb etdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Aktrisaning obrazlarini biroz qayta ko‘rib chiqqan Vidhu Vinod Chopra Vidyani “Turmushga chiqqan ayol” romani asosida suratga olinishi kerak bo‘lgan filmga taklif qildi. Bu aktrisaning tanqidchilarning olqishiga va FilmFare mukofotiga sazovor bo‘lgan ajoyib roli edi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Biroq “Turmushga chiqqan ayol” filmi chiqqanidan keyin Vidya yana qoqila boshladi. Shundan keyin prodyuserlar nima qilishni bilmadi. U epizodik rollarda yaxshi natijaga erishdi, filmlarda unga noan’anaviy qahramon bo‘lishga ruxsat berildi (masalan, “Guru” loyihasidagi nogiron yoki “Eklavya” filmidagi sodiq xizmatkor roli), biroq aktrisa asosiy qahramonlarning rollarini unutilmas tarzda ijro etdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Bu paytlarda Vidya faqat dabdabali kiyingan, biroz to‘la va sochi uzun aktrisa sifatida tanilgan edi. Balanning faoliyati 2008-yilda, 29 yoshga to‘lganida to‘xtab qoldi. Uning shaxsiy hayoti “Omad tumori” filmidagi partnyori Shahid Kapur bilan ishqiy munosabatlar haqidagi mish-mishlar ostida qoldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Keyinroq aktrisa kamdan-kam uchraydigan kasallikka chalingan 12 yoshli bolaning onasi obrazini gavdalantirgan “Ota” filmida munosib rol o‘ynadi. Biroq o‘sha paytda barcha e’tibor ota va o‘g‘il — Amitabh va Abhishek Bachchan duetiga qaratildi. Vidya qandaydir tarzda bu shovqin ichida yo‘qolib qolgandek edi. Uning karerasi tugaganga o‘xshardi. Shunga qaramay, 30 yoshgacha bo‘lgan vaqt aktrisa uchun eng yaxshi va muhim yillar bo‘ldi. U 30 yoshga to‘lganidan keyin filmlarda ona obrazida chiqa boshladi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Keyin mantiqqa zid ravishda, Vidya Balanning karyerasi osmonga ko‘tarildi. Katta tanaffusdan keyin u 2010-yilda suratga olingan “Sevgining sababi yo‘q” komediyasida suratga tushdi. Shundan so‘ng tanqidchilar tomonidan e’tirof etilgan “Hech kim Jessikani o‘ldirmagan” trillerida paydo bo‘ldi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Balan “Kir rasm” filmida suratga tushganidan keyin millionlab muxlislarning kumiriga aylandi. Aktrisa Silk Smitaning hayotidan ilhomlanib suratga olingan ushbu biografik film uchun Hindiston prezidentining milliy kino mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Hikoya” trilleri uning muvaffaqiyatini shunchalik mustahkamladiki, tanqidchilar Bollivuddagi Xonlar tugaganini jiddiylik bilan yozishdi. Bosh roldagi Vidya Balan ishtirokidagi filmlar kinoteatrlarda ko‘plab muxlislarni to‘pladi va loyihalar tomoshabinlarga yoqdi. Vidya Balan kino sanoatining belgilangan qoidalarini o‘zgartirdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    U chiroyli ssenariylar va kuchli aktyorlik mahorati tufayli qahramonlarni ijro etgan aktyorlar bilan osongina bir xil darajada turishi va aktyorlar singari anshlaglarni to‘plashi mumkinligini isbotladi. Aktrisa o‘ziga xos bo‘lishga imkon beradigan rollarni tanladi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Vidya Balanning shaxsiy hayoti ham 30 yoshdan keyin boshlandi. U 2012-yilda ikki marta oila qurib ajrashgan prodyuser Siddhart Roy Kapurga turmushga chiqdi. Vidyadan oldin prodyuserning ikkita rafiqasi bo‘lgan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Siddhart — mashhur prodyuser, UTV studiyalarining rahbari hisoblanadi. Juftlikning farzandi yo‘q, biroq aktrisa intervyularining birida farzand ko‘rish niyati borligini aytgan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    U tabassum qilishda va filmlarda rol o‘ynashda davom etmoqda. Aktrisa 2022-yilda suratga olingan “Raqs” trilleri uchun “Yilning eng yaxshi aktrisasi” mukofoti nominatsiyasining bir nechta kategoriyalarini qo‘lga kiritdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    U ko‘p holladrda an’anaviy hind ayoliga o‘xshab sochlarini bo‘shatib qo‘yadi va sari kiyadi, aktrisa 15 yil oldin yosh zamonaviy liboslarda kiyinganidan ko‘ra chiroyliroq ko‘rinadi.

    Mavzuga doir: Bollivud yulduzi Vidya Balan haqida 10 qiziqarli fakt (foto).

    12.01.2023, 12:26   Izoh (0)   13744
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zendayaning debyuti, Jennifer Kulij bilan bog‘liq kulgili holat: “Oltin globus — 2023” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi (foto)

    12.01.2023, 10:22

    Instagram: Ilk marta ota bo‘lgan Jahongir Xo‘jayev, turmushga chiqqan Dildora Zokirova, qorni yoqtirmaydigan Rayhon

    11.01.2023, 22:18

    AQSH, Saudiya Arabistoni, Tailand va Turkiya: Qishki ta’tilni xorijda o‘tkazayotgan shou-biznes vakillari (video)

    11.01.2023, 21:46

    Instagram: To‘rtinchi bor ona bo‘lgan 38 yoshli aktrisa, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Aziza Xalilova, Umra safaridagi mashhurlar

    10.01.2023, 22:31

    O‘zbek rep evolyutsiyasi vakillari: Konsta, Timur Alixonov va boshqa reperlar ijodini qanday boshlagan?

    10.01.2023, 17:48

    Madaniy hordiq chiqarishga yordam beradigan va takror ko‘rishga arziydigan filmlar

    10.01.2023, 15:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Vinisiusning rejalari barbod bo‘ldi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.