“Atletiko” hujumchisi Joau Feliks “Chelsi”ga ijara asosida o‘tdi.
London klubi 23 yoshli futbolchini yozgacha ijaraga olganini ma’lum qildi. Feliks Londonga o‘tishidan oldin “Atletiko” bilan shartnomasini 2027-yilga qadar uzaytirdi.
“Aristokratlar” portugaliyalik futbolchi uchun 11 million yevro to‘lab beradi va maoshini ham to‘lab beradi.
Joau joriy mavsum “matraschilar” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)