“An-Nassr” futbolchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining JCH—2030 mezbonligi uchun tashlagan arizasi bo‘yicha elchi bo‘lmaydi.
“‘An-Nassr’ jamoasi OAV tomonidan Krishtianu Ronalduning jamoa bilan shartnomasida elchi bo‘lish vazifasi ham qo‘shilgan degan xabarlari asossizligini ta’kidlaydi.
Uning (Ronalduning) asosiy diqqati ‘An-Nassr’ va jamoadoshlari bilan ishlashga, shuningdek, klubning rivojiga hissa qo‘shishga qaratilgan”, — deyiladi Saudiya Arabistoni klubi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchi Saudiya jamoasi bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagan. Bitimga ko‘ra, Ronaldu yiliga 200 million dollar maosh oladi.
Izoh (0)