• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Yuzlab rollar ijro etgan bo‘lsa-da, tomoshabin faqat bir obrazi orqali taniydigan jahon kinosi yulduzlari (foto)

    Shunday aktyorlar borki, ular yuzlab rollar ijro etgan bo‘lsa ham, tomoshabinlar xotirasida faqatgina bir obrazi bilan saqlanib qoladi. Quyida ana shunday kino yulduzlari haqida so‘z yuritamiz.

    Teylor Lotner — “Sumerki”

    Foto: “Pulse.mail.ru”

    Foto: “Pulse.mail.ru”

    “Sumerki” filmiga qadar Teylor Lotner hozirgidek taniqli aktyor emas edi. Multfilmlar qahramonlariga ovoz berib, ommalashmagan seriallarda kichik rollarni ijro etib yurardi. “Sumerki”ning birinchi qismida filmda bir necha daqiqali rol o‘ynagan bo‘lsa ham, aynan shu roli Teylorga ulkan muvaffaqiyat olib keldi. Biroq uning jismoniy holati talabga javob bermagani bois filmning keyingi qismlarida Jeykob rolini ijro etishdan mahrum bo‘ldi. Kinorejissorlar uning nomzodiga shubha bilan qarashdi va uning o‘rni aktyor Maykl Koponga berilayotgandi. Ammo Teylor qisqa vaqt ichida 11 kilogramm mushak vazni orttirishga muvaffaq bo‘ldi va shu sababli bu rol uning o‘zida qoldi.

    “Sumerki” ning barcha seriyasi tasvirga olib tugatilmaguncha Teylor hech qaysi kinoda suratga tushmadi. Asar tugaganidan keyin u aktyorlik “bum”ni boshdan kechirdi, deb aytib bo‘lmaydi. Muxlislarini hayratda qoldirgan yagona narsa — u kutilmagan darajada ortiqcha vazn to‘plagandi.

    Aktyor 2016-yilgacha rol ijro etdi. “To‘lqinlarni egarlab” filmida, “Qichqiriq qirolichalari” (Scream queens) serialida rol ijro etganidan keyingi 6 yil davomida ekranlardan g‘oyib bo‘ldi. Teylor o‘tgan vaqt oralig‘ida o‘z vazni ustida ishlab, 2022-yilda “Oilaviy jamoa” filmi bilan ijodga qaytgan bo‘lsa ham, tanqidchilar bu kartinani yuqori baholamadi.

    Tobi Maguayr — “O‘rgimchak odam”

    Foto: “pulse.mail.ru”

    Foto: “pulse.mail.ru”

    Tobi Maguayr o‘z karyerasini “Bu bolaning hayoti” filmidan boshlagan, suratga olish maydonchasida Leonardo Di Kaprio bilan do‘stlashgan. 9 yildan so‘ng Tobi “O‘rgimchak odam” filmida rol o‘ynadi va Di Kaprio singari jahon yulduziga aylandi. Mabodo Leo keyingi yillarda kino olamidagi mavqeyini saqlab qolsa yoki oshiradigan bo‘lsa, Tobi “O‘rgimchak odam”dan sakrab o‘tib ketolmaydi.

    2009-yilda u “Aka-uka” filmida rol ijro etdi. Bu rol uning karyerasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan yagona yaxshi loyiha bo‘lib qoldi. Shunda muxlislar Tobi haqiqatan ham qobiliyatli aktyor ekanini eslashdi. Ehtimol, bu unga “Buyuk Getsbi” filmida rol olishga qisman yordam berdi, lekin baribir, ko‘p jihatdan, bunda Leonardo Di Kaprioning xizmati bo‘lib, u o‘z do‘stiga tez so‘nayotgan martabani qayta tiklash uchun yana bir imkoniyat sifatida Tobiga o‘z rolini sovg‘a tariqasida taqdim qilgan. Tobi filmda rol ijro etdi va bu chindan ham yaxshi ijro edi. Aktyor bu imkoniyatni ham qo‘ldan boy berdi.

    Boisi Tobi atigi bir yildan so‘ng “Piyodani qurbon qilish” filmida rol o‘ynadi va yana ekranlardan g‘oyib bo‘ldi. Keyinchalik u “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmi bilan qaytdi. O‘z karyerasini Piter Parker bilan yanada kuchliroq bog‘ladi. Tobi Maguayr ijro etadigan roliga katta e’tibor qaratmayapti, chunki unga bu rol uchun juda yaxshi gonorar to‘langan.

    Makoley Kalkin — “Uyda yolg‘iz”

    Foto: “pulse.mail.ru”

    Foto: “pulse.mail.ru”

    Makoley Kalkinning bolalikdagi karyerasi ko‘plab yosh aktyorlar orzu qiladigan ammo shu vaqtning o‘zida qo‘rqadigan narsadir. “Uyda yolg‘iz” filmidagi roliga qadar Makoley bir nechta yaxshi filmlarda suratga tushgan. “Uyda yolg‘iz” ham ular singari bo‘lishi kerak edi — shunchaki ajoyib Rojdestvo komediyasi.

    Hech kim bu filmning kassasi misli ko‘rilmagan darajada muvaffaqiyatli bo‘lishini tasavvur ham qilmagan. Qizig‘i shundaki, tanqidchilar bu kartinani “sindirishdi”, ammo bu unga yaqin kelajakda ham, uzoq kelajakda ham to‘sqinlik qila olmadi. Makoley haqiqiy yulduzga aylandi, ketma-ket rollar o‘ynadi.  Uchinchi qismda rol ijro etishi mumkin edi, ammo yosh aktyor rad etdi. Rejissor Kris Kolumb ham unga ergashdi. U bir necha yil o‘tgach “Garri Potter va hikmatlar toshi”, “Garri Potter va maxfiy hujra” filmlarini suratga oladi. Makoleyning mashhurligining asosiy kamchiligi uning ota-onasi edi.

    Ular o‘g‘lini to‘g‘ri yo‘nalishda olib keta olmadilar. Katta miqdordagi pul tufayli aqldan ozishdi. Makoleyning otasi hech kim to‘lay olmaydigan gonorarlarni bekor qila boshladi. Ko‘p o‘tmay Makoleyning o‘zi mustaqil nafas oldi va 9 yil  mobaynida tanaffus qilishga qaror qildi.  Ijodga qaytgach, Kalkin hech narsa qila olmadi — u faqat o‘zining yoqimtoy bolakay qiyofasi bilangina qolgan edi. Hayotda esa qattiq azob chekayotgan ulg‘aygan odam edi.

    Makoley yana uzoq tanaffusdan so‘ng 2021-yilda “Amerikacha dahshatlar hikoyasi” filmining yangi mavsumida rol ijro etish uchun qaytib keldi. Bu gal u avvalgidan ancha yaxshi ko‘rindi. Ehtimol, Makoley kinoda uzoq vaqt qolar, ammo dastlabki imijidan xalos bo‘lish uchun juda ko‘p mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi.

    Elayja Vud — “Uzuklar hukmdori”

    Foto: “pulse.mail.ru”

    Foto: “pulse.mail.ru”

    Elayja Vud karyerasining avvalida “Osmon”, “Skayvard”, “Gek Finning sarguzashtlari”, “Mehribon o‘g‘il”, “Shimol”, “Urush” va “Fakultet” filmlarida “Uzuklar hukmdori” filmi aktyorlari tarkibiga qo‘shilishdan oldin suratga tushgan. Piter Jekson trilogiyasining o‘z muammolari bor edi, boisi prodyuserlar bu filmlarga unchalik ishonch bildirishmadi. Dastlabki sinovdan so‘ng barcha Jekson trilogiyasi shedevr asarga aylanishi mumkinligini anglab yetdi. Shundan so‘ng darhol Frodo Baggins rolini ijro etgan Elayja Vudning qudratli uzukni kaftlarida tutib turgan afishasi paydo bo‘ldi.

    Frodoning qiyofasi Elayja Vudga shu qadar mos tushgan ediki, aktyor undan xalos bo‘lishga qancha urinmasin, bu foyda bermadi. Elayja Vud keyinchalik “Bezorilar” “Va hamma narsa yoritilgan” filmlarida, shuningdek, boshqa ko‘plab filmlarda rol o‘ynagan, ammo ularning barchasi Frodochalik mashhur bo‘lmadi. Elayja Vud butun dunyo bo‘ylab chaqnab turadigan Frododan ustun bo‘la oladigan rolni topa olmaydi, ayniqsa, tashqi qiyofasi deyarli o‘zgarmagani bois uni xuddi shu roli bilan bog‘lamaslik mumkin emas.

    Mett LeBlank — “Do‘stlar”

    Foto: “pulse.mail.ru”

    Foto: “pulse.mail.ru”

    “Do‘stlar”ning asosiy tarkibidan kimdir 18 yil davomida birinchi navbatda o‘zining mashhur sitkomdagi qahramoni bilan bog‘lanmaganiga ishonch hosil qilish qiyin. Bunda eng ulkan muvaffaqiyat Jennifer Eniston bo‘ldi, chunki u omadli chiqqan o‘nlab komediyalarda rol ijro etgandi. “Do‘stlar” sitkomi orqali muvaffaqiyat qozongan, keyinchalik “Joey” filmida rol ijro etgan Mett LeBlankni so‘nggi marta “Do‘stlar: uchrashuv” maxsus epizodida ko‘rish mumkin bo‘ldi. “Do‘stlar” sitkomi va “Joey” filmi o‘rtasida 16 yil va bir nechta ajoyib rollar bor, xolos.

    Mavzuga doir:

    • Bella, Edvard, Jeykob: “Sumerki” filmi yulduzlari 13 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)
    • “Uzuklar hukmdori” filmi aktyorlari 19 yil ichida qanday o‘zgardi? (foto)

    09.01.2023, 12:55   Izoh (0)   20178
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Zita va Gita” filmi 50 yoshda: nima uchun Hema Malini sakkiz yil davomida sevgan insoniga turmushga chiqa olmagan?

    06.01.2023, 16:36

    Foto: Sevimli film va seriallarimiz qanday suratga olinishi aks etgan kadrorti jarayonlari

    05.01.2023, 16:51

    Faqat “Uenzdey” emas: Jahon kinosi tarixidagi eng ajoyib raqslar (video)

    05.01.2023, 12:26

    Bayramdan keyin ham kayfiyatni ko‘tarishi kafolatlangan Yangi yil haqidagi yangi filmlar

    05.01.2023, 09:48

    Sevimli filmlarimizdagi ovoz effektlari qanday yaratiladi? (foto, video)

    04.01.2023, 14:49

    Uydan chiqmasdan sayohat qiling: dunyoning go‘zal shaharlarida suratga olingan ajoyib filmlar

    03.01.2023, 17:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi 2025-yilda yashash uchun eng qulay shahar ma’lum qilindi

    Dunyo | 19 iyun, 07:30

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.