• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Go‘zallik

    Qazg‘oqdan xalos bo‘lishning oddiy va samarali usullari

    Tashqi ko‘rinishga putur yetkazadigan qazg‘oqlardan butunlay qutulishning imkoni bormi? Wday nashri uni bartaraf etishga yordam beradigan eng oddiy, ammo samarali usullar bilan bo‘lishdi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Avvalo qazg‘oq nima ekanini aniqlab olish zarur. Keyin u bilan qanday samarali kurashish kerakligi ma’lum bo‘ladi. Qazg‘oq, aslida, epidermal hujayralar bo‘lib, ular yog‘ bezlarining buzilishi natijasida paydo bo‘ladi. So‘ngra yuvilmay soch tolalari orasida qolib ketadi.

    Agar qazg‘oq jiddiy kasallikning alomati bo‘lmasa, lekin shartli ravishda kosmetik xususiyatga ega bo‘lsa, shunchaki qazg‘oqqa qarshi shampunini sotib olish tavsiya etiladi.

    Shampun tarkibida kislotalar bo‘lishi kerak (masalan, salitsil, laktik — ular eksfoliatsiyaga yordam beradi). Shu bilan birga, agar yog‘li seboreya bo‘lsa, unda har kuni sochni yuvish kerak. Quruq seboreya bundan farqli o‘laroq, kundalik yuvish faqat zarar keltiradi.
    Agar sochlar qazg‘oqqa qarshi shampun bilan yuvilsa va u yo‘qolmasa, bu kosmetik muammo emas, balki kasallikdir. Buning uchun dorixonadan terapevtik mahsulot xarid qilish lozim.

    Bunday holda, kompleks terapiya qazg‘oqqa qarshi kurashishga yordam beradi. U bir vaqtning o‘zida bir nechta komponentlarni o‘z ichiga oladi.  Birinchi 2-3 haftada bunday mahsulot faol ishlatiladi, keyin esa parvarishlash terapiyasi sifatida.

    Shuningdek, yog‘ bezlarining ishini normallashtirish uchun yog‘li, qovurilgan, spirtli ichimliklardan voz kechish lozim. Ratsionda ko‘p to‘yinmagan yog‘li kislotalar, B vitaminlari mavjudligini oshirish juda muhim.

    Yana bir yaxshi yordam — ozon terapiyasi, kriomasaj, mezoterapiya bilan ta’minlanadi. Qazg‘oqdan qutulish uchun sochni dorivor shampunlar bilan to‘g‘ri yuvish kerak. Asosiy qoidalar:

    1. Suv iliq bo‘lishi lozim — 36-37 daraja, chunki issiq harorat yog‘ bezlarini rag‘batlantiradi va bakteriyalarning ko‘payishi uchun qulay muhitga hissa qo‘shadi.
    2. Shampunni ishlatishdan oldin chayqatish kerak, shunda pastki qismida joylashishi mumkin bo‘lgan terapevtik komponent asosiy massa bilan aralashtiriladi.
    3. Shampunni avval bosh terisiga yumshoq massaj harakatlari bilan surtish kerak. Shundan keyingina sochning butun uzunligi bo‘ylab pastga tushiladi.
    4. Shampun boshda 3-5 daqiqa ushlab turiladi — faol antifungal tarkibiy qismning ta’siri uchun. Shampun bosh terisiga qayta taqsimlash uchun vaqti-vaqti bilan massaj qilinadi. So‘ngra iliq suv bilan yuvildi.
    5. Yuvish jarayonining oxirida sovuq suv bilan chayiladi — bu bosh terisi tomirlarini toraytiradi va yog‘ ajralishini kamaytiradi.
    Olimlarning fikricha, ular sochlarning siyraklashishi va qalinlashishi uchun mas’ul bo‘lgan bir qator genlarni topishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar jingalak sochlar uchun mas’ul bo‘lgan, shuningdek, qoshlarning zichligi genini ham aniqladi.Tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan soch niqoblari uzoq vaqtdan beri foydalanib kelinadi. Qazg‘oqni uyda va arzon narxda davolamoqchi bo‘lganlar xalqon usullarni qo‘llashi mumkin.

    Lavlagi sharbati. Yangi siqilgan lavlagi sharbati boshga surtiladi. Bir soatdan keyin shampun bilan yuvib tashlanadi.

    Dengiz tuzi. Bir stakan suvda 2 osh qoshiq tabiiy dengiz tuzi eritiladi. Bosh terisi va sochlarga qo‘llanadi. Bir necha daqiqa massaj qilinib, shampun bilan yuvib tashlanadi.

    Aspirin. Shampunning odatdagi bitta porsiyasiga 2 ta maydalangan aspirin tabletkasini qo‘shiladi. Sochni aralashma bilan yuvib, massaj qilinadi. Aspirinni iste’mol sodasi bilan almashtirish mumkin.

    Qichitqi o‘ti qaynatmasi. 1,5 litr suvga 1 stakan quritilgan qichitqi solinadi. 20 daqiqa davomida suv hammomida qaynatiladi.

    Limon qaynatmasi. 5-6 limonning qobig‘i 1,5 litr suvda 20 daqiqa qaynatib olinadi.

    Niqob va kompresslar:

    • kastor yog‘i va spirt teng nisbatda;
    • olma sirkasi va suv 1:1 nisbatda;
    • 1:9 nisbatda o‘simlik yog‘i va dengiz shimoli yog‘i;
    • 1 dona tuxum sarig‘i, 1 choy qoshiq repeya yog‘i va asal;
    • 1 dona tuxum sarig‘i, 1 choy qoshiq kastor yog‘i, asal, limon.
    • 1 dona tuxum sarig‘i, 1 osh qoshiq zaytun moyi, 1 choy qoshiq asal, limon sharbati va yangi xurmo pyuresi.
    • 1 dona tuxum sarig‘i, 3-4 yosh qichitqi barglari sharbati, 2 osh qoshiq smetana, 2 choy qoshiq xantal yog‘i va suli yormasi.
    • 1 dona tuxum sarig‘i, 1 choy qoshiq asal va aloe sharbati, 1 osh qoshiq har qanday o‘simlik moyi.
    Faol elementlarning harakat qilish vaqti bo‘lishi uchun niqoblarni 30-60 daqiqa davomida boshda ushlab turish kerak. Ular soch ildizlariga qo‘llanadi. Niqobni qo‘llagandan so‘ng bosh uchun hammom tashkil qilinadi — uni selofan bilan o‘rab, ustidan sochiq yopiladi. Kurs kamida 10 protseduradan iborat.Yuqoridagi deyarli barcha soch niqoblari nafaqat qazg‘oqni davolashda, balki sochning holatini yaxshilash uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

    Bosh terisi bilan bog‘liq muammolarning asosiy sabablari organizmdagi ichki buzilishlar bilan bog‘liq. Ular noto‘g‘ri ovqatlanish, vitamin va mikroelementlarning yetishmasligi, ekologik xavflar, doimiy stress, irsiyat, asab, endokrin, ovqat hazm qilish yoki gormonal tizimlar faoliyatining buzilishi, bakterial va virusli infeksiyalar, noto‘g‘ri tanlangan kosmetika tufayli yuzaga keladi.

    Ichki va tashqi tomondan o‘rtadagi bu bog‘liqlikni tushunib, qazg‘oqning sababini aniqlash mumkin. Birinchidan, eng xavfsiz va tabiiy shampun mahsulotlarini tanlash lozim. Ikkinchidan, trixolog va dermatolog bilan bog‘lanish tavisya etiladi. Shunda butun organlar va tizimlarning ishini me’yorga keltirish va muammoni bartaraf etish mumkin.

    Mavzuga doir:

    • Sochlarni yuvishda ularni tezroq kir bo‘lishiga olib keladigan 6 ta xato
    • Qishda sochlarni sovuqdan himoya qilishning 8 usuli
    • Qishda voz kechish kerak bo‘lgan soch parvarishidagi zararli odatlar

    09.01.2023, 15:01   Izoh (0)   14986
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tush, ten va har kuni foydalanish tavsiya etilmaydigan boshqa kosmetik mahsulotlar (foto)

    08.01.2023, 13:35

    “Balet” tonal kremi: Nima uchun 80-yillarda ishlab chiqarilgan go‘zallik vositasi hanuzgacha ommabopligini yo‘qotmadi?

    07.01.2023, 17:39

    Nima uchun atir hididan ko‘ngil ayniydi — bu nimaning alomati bo‘lishi mumkin?

    05.01.2023, 11:41

    Yuz terisidagi husnbuzarlardan xalos bo‘lishga yordam beradigan foydali layfxaklar

    04.01.2023, 19:30

    Agar qishda bosh kiyim kiyilmasa, sochlarda qanday o‘zgarish yuz beradi?

    02.01.2023, 18:30

    Stress yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    29.12.2022, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.