Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7-yanvarga o‘tar kechasi Moskva Kremlining Blagoveshensk soboridagi Rojdestvo ibodatiga tashrif buyurdi.
“Interfaks” xabariga ko‘ra, prezident ibodatga yolg‘iz kelgan, boshqa dindorlar bo‘lmagan. Putinni Sergeyevo-Posadskiy yeparxiyasining Klinskiy okrugi ibodatxonalari bosh popi, iyeromonax Iosif kutib olgan.
Kreml matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan fotosuratlarga qaraganda, ibodatda bir nechta ruhoniylar qatnashgan.
2022-yil yanvarida ham Putin Rojdestvoni yolg‘iz — o‘zining Novo-Ogaryovodagi qarorgohi hududidagi butxonada kutib olgandi. O‘shanda Kreml buni “epidemiologik ehtiyot choralari” bilan izohlagandi.
Undan avvalgi yillarda, masalan, 2019, 2020, 2021-yillarda ibodatga Putin bilan birga boshqa odamlar ham borgandi.
“Interfaks” ma’lumotlariga ko‘ra, bungacha Rossiya prezidenti Rojdestvo chog‘ida Moskvada qolishi bilan bog‘liq holat ikki marta — 2000 va 2001-yillarda kuzatilgan.
Izoh (0)