Jizzax viloyati Zafarobod tumanida 30-son manzil-koloniyasidan 4-yanvar kuni ikki nafar mahbus qochib ketdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mahkum A.K sog‘lig‘i sababli tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. 4-yanvar kuni soat 22:30 da punktdan ruxsatsiz chiqib, noma’lum tomonga ketib qolgan.
Shu kuni soat 23:15 da muassasada o‘tkazilgan ko‘rik vaqtida mahkum M.N. ham koloniya hududida yo‘qligi aniqlangan.
Hozirda IIV huzuridagi JIED tomonidan ushbu mahkumlar tartibbuzarlik sodir etib, belgilangan hududlardan ketib qolganliklari uchun qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)