Ispaniyaning Serdedo Kotobad munitsipalitetidagi N-541 trassasida avtobus Lerez daryosiga qulab tushdi. Oqibatda olti kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi.
Xabarga ko‘ra, kuchli yomg‘ir yo‘lni yuvib yuborgani tufayli avtobus daryoga qulagan.
Baxtsiz hodisa haqida qutqaruvchilarga birinchi bo‘lib voqea joyidan o‘tib ketayotgan haydovchi xabar bergan. Keyinroq avtobusdagi yo‘lovchidan qo‘ng‘iroq bo‘lgan, u salon suvga to‘lganini aytgan.
Ikki kishi — avtobus haydovchisi va bir yo‘lovchi qutqarib qolindi, ular kasalxonaga jo‘natildi.
Ko‘prik atrofida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlandi, muhandislar hozirda Lerez daryosidan avtobus vayronasini xavfsiz olib chiqish yo‘lini izlamoqda.
Izoh (0)