• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Yil hisoboti: 2022-yilning eng kassabop filmlari

    2022-yilni sarhisob qilish vaqti keldi: pandemiya asta-sekin orqaga chekinmoqda va tomoshabinlar kinoteatrlarga qaytmoqda. Bu yilning eng kassabop filmlari haqida ma’lumot beramiz.

    “Avatar: Suv yo‘li” (2022)

    jangari, sarguzasht, fantaziya

    Rejissor: Jeyms Kemeron

    Rollarda: Sem Uortington, Zoi Saldana, Sigurni Uiver, Stiven Lang, Keyt Uinslet

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    “Suv yo‘li” filmi chiqishining birinchi dam olish kunlaridayoq 2022-yilda eng ko‘p daromad keltirgan filmlar ro‘yxatida o‘ntalikka chiqishga muvaffaq bo‘ldi. 13 yil oldin boshlangan hikoyaning ikkinchi qismi ham tomoshabinlar, ham tanqidchilar tomonidan ijobiy qabul qilindi. Grafika hayratlanarli, sujet ajoyib, lekin hamma o‘zi kutgan narsaga erishganga o‘xshaydi. Jami besh qism rejalashtirilgan, uchinchisi hozirda postprodakshn bosqichidan o‘tmoqda.

    “Oydagi odam” (2022)

    komediya, fantaziya

    Rejissor: Chiyu Zhang

    Rollarda: Teng Shen, Li Ma, Yuan Chan, Chengru Li, Kaylun Xuang

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    Ushbu fantastik komediya mahalliy Yangi yilda emas, balki yozda chiqarilganiga qaramay, Xitoyda milliy xitga aylandi. Sujetga ko‘ra, astronavt Oy majmuasidan xodimlarni evakuatsiya qilishdan qolib ketadi va stansiyadagi oxirgi odam bo‘lib qoladi. Bir muncha vaqt o‘tgach, Yerga meteorit yomg‘iri tushadi, ammo bu sivilizatsiya uchun halokatli bo‘lmaydi. Lekin baxtsiz odam endi o‘zini nafaqat Oyda, balki dunyodagi oxirgi odam deb o‘ylaydi. Film sujeti “Marslik”ka o‘xshaydi, lekin ancha qiziqarli, bundan tashqari, bosh qahramonning qo‘shnisi kartoshka kurtaklari emas, balki malla mushakdor kenguru.

    “Tor: Sevgi va momaqaldiroq” (2022)

    jangari, sarguzasht, fantaziya

    Rejissor: Tayka Vaytiti

    Rollarda: Kris Xemsvort, Natali Portman, Kristian Beyl, Rassel Krou, Tessa Tompson

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    Tor sarguzashtlarining yangi qismi badiiy jihatdan eng ajoyibi emas, balki tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatlisi bo‘ldi. Tayka Vaytiti uchinchi bobda to‘g‘ri intonatsiyani tanladi va to‘rtinchi bo‘limda xuddi shu asosni ishlatib, ikki soatlik Marvel blokbasterini aniq bo‘lmagan belgilar bilan juda uzoq SNL epizodiga aylantirdi. Film juda munozarali bo‘lib chiqdi, ammo tomoshabin filmni ko‘rish uchun pul ayamayapti. Hozirda Vaytiti butunlay boshqa narsa bilan band — Maykl bosh rolni o‘ynagan Samoa futbol jamoasi haqidagi sport dramasini AQSH va Buyuk Britaniyada suratga olmoqda. Premyera 2023-yilning bahoriga rejalashtirilgan.

    “Betmen” (2022)

    jangari, drama, triller

    Rejissor: Mett Rivz

    Rollarda: Robert Pattinson, Zoe Kravits, Pol Dano, Kolin Farrell, Jeffri Rayt

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    Mett Rivzning uch soatlik filmi rossiyalik distribyutorlar sanksiyalari ostiga tushgan birinchi filmlardan biri bo‘ldi. Ammo bu filmning 2022-yildagi eng yuqori daromad keltiruvchi global relizlardan biriga aylanishiga to‘sqinlik qilmadi. So‘nggi yillardagi eng yaxshi Batmenning siri, birinchidan, muvaffaqiyatli kastingda, ikkinchidan, sujetning “komiks” qismini rad etib, detektiv dramaga aylantirishda bo‘ldi.

    “Qora pantera: abadiy Vakanda” (2022)

    jangari, drama, sarguzasht

    Rejissor: Rayan Kugler

    Rollarda: Letisha Rayt, Lupita Niongo, Anjela Bassett, Tenoch Huerta, Martin Friman

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    Reytingda yana bir o‘rinni Marvel kompaniyasi vakili – “Qora pantera”ning ikkinchi qismi egalladi. Marhum Chedvik Bouzman o‘ynagan T’Challi o‘rnini Letisha Rayt ijro etgan uning singlisi Shuri egalladi. Bunday kombinatsiya ba’zilar uchun nomaqbul bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo ommaviy tomoshabinlar allaqachon yaxshi fikrlar bilidirishgan, shuning uchun Vakanda tarixi saqlanib qoladi, shou davom etadi va Marvel olamidagi yetakchi rollardan biri Letisha Rayt zimmasiga tushadi.

    “Minionlar: Gruvitatsiya” (2022)

    multfilm, komediya, sarguzasht

    Rejissorlar: Kayl Balda, Bred Ableson, Jonatan del Val

    Rollarda: Stiv Karell, Per Koffin, Taraji P. Xenson, Jan-Klod van Damm, Mishel Yeo

    Premyera: 2022-yil 30-iyun

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    Minionlar haqidagi birinchi film 2015-yilda “Jirkanch men-1” va “Jirkanch men-2” kartinalari muvaffaqiyatidan so‘ng suratga olingan, ikkinchisini esa 7 yil kutishga to‘g‘ri keldi, shu vaqt ichida “Jirkanch men-3” chiqishga ham ulgurdi. Shunday qilib, “Gryuvitatsiya” franshizadagi beshinchi kartina va eng muvaffaqiyatli multfilmlardan biri hisoblanadi. Sujet tomoshabinni Gryuning bolaligiga olib ketadi. Bu loyihada sujet markazida Gryuning o‘zi emas, balki uning kichik sariq yordamchilari joylashgan. Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi o‘rta maktab o‘quvchilari premyeraga kostyum-shimlarida kelib, filmni qarsaklar bilan kutib olishdi.

    “Yura davri olami: hukmronlik” (2022)

    jangari, sarguzasht, fantaziya

    Rejissor: Kolin Trevorrou

    Rollarda: Kris Pratt, Brays Dallas Xovard, Sem Neill, Laura Dern, Jeff Goldblum

    Premyera: 2022-yil 16-iyun

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    Tanqidchilarning fikriga ko‘ra, yilning eng katta muvaffaqiyatsizliklaridan biri deb topilgan kartina 2022-yilning eng mashhur filmlaridan biriga aylandi va butun dunyo bo‘ylab milliard dollardan ortiq daromad keltirdi. Sababi oddiy — dinozavrlar. Qadimiy sudralib yuruvchilar hali ham kassabop, ularni ko‘rish har doim qiziq, ularning ko‘rinishi doimo hayratlanarli, qolgan hammasi, umuman olganda, muhim emas.

    “Top Gan: Meverik” (2022)

    jangari, drama

    Rejissor: Jozef Kosinski

    Rollarda: Tom Kruz, Val Kilmer, Miles Teller, Jennifer Konnelli, Bashir Salohiddin

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    “Top Gan: Meverik” blokbasteri AQSH Milliy kinotanqidchilari kengashida yilning eng yaxshi filmi g‘olibi bo‘ldi. Gollivud yulduzi Tom Kruz ishtirokidagi “Top Gan: Meverik” filmining davomi 2022-yilning may oyida katta ekranlarga chiqdi va butun dunyo bo‘ylab prokatda 1,4 milliard dollar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi, bu oraliqda yilning eng yuqori daromad keltirgan filmiga aylandi.

    Mavzuga doir:

    • Nafaqat iste’dodi, balki yaxshi ishlari bilan ham hayratda qoldiradigan Gollivud aktrisalari
    • Hashamatdan yiroq: Gollivud yulduzlari Bleyk Layvli va Rayan Reynolds 3 qizining bolaligini odatiy o‘tkazish uchun nimalarga amal qiladi?
    • Suratga olish jarayonida qahramonlaridan kam bo‘lmagan sinovlardan o‘tgan mashhur sovet aktyorlari (foto)

    23.12.2022, 10:55   Izoh (0)   19485
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Suratga olish jarayonida qahramonlaridan kam bo‘lmagan sinovlardan o‘tgan mashhur sovet aktyorlari (foto)

    22.12.2022, 10:24

    “Tutqich bermas firibgar”, “O‘zga sayyoralik”, “Linkoln” — Stiven Spilbergning eng yaxshi filmlari

    21.12.2022, 11:41

    “Titanik” filmi haqidagi kadr ortida qolib ketgan hayratlanarli faktlar

    17.12.2022, 17:50

    Hammaning og‘zida “Uenzdey”: nima uchun Addamslar oilasining g‘amgin qizi haqidagi serial rekordlarni yangilamoqda?

    16.12.2022, 17:45

    Kinotavsiya: og‘ir damlarda dardingizga malham bo‘lishi mumkin bo‘lgan ajoyib filmlar

    15.12.2022, 14:52

    Aktyorlar tomonidan improvizatsiya qilingan va kartinaning kult sahnasiga aylangan mashhur filmlardagi kadrlar (video)

    14.12.2022, 13:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.