Qonning quyuqligini umumiy qon testi va koagulogramma yordamida aniqlash mumkin, chunki uning tashqi ko‘rinishi bilan hech qanday xulosaga kelib bo‘lmaydi. Biroq organizmning bir qismi ham qon tomirlari orqali juda qalin qon harakatlanishini ko‘rsatadi, deb yozadi The Voice Mag.
Ma’lum bo‘lishicha, inson barmoqlari unda qon bilan bog‘liq muammo borligi haqida xabar beradi. Agar barmoq uchlarida dush qabul qilgandan keyin burmalar paydo bo‘lsa, demak, qon holati quyuq. Bu qonning tomirlar bo‘ylab harakatlanishi qiyinligini, uning ozuqa moddalari va kislorod bilan ta’minlanmaganligini ko‘rsatadi. Shuning uchun teri zaiflashadi va tabiiy ravishda burmalar hosil bo‘ladi.
Qon quyuqlashishi nima uchun xavfli? Qonda tromblar hosil bo‘lishi ortidan infarkt yoki insult xavfi ortadi. Qonni suyultirishga nafaqat shifokor tomonidan tavsiya etilgan dorilar, balki boshqa vositalar ham yordam beradi.
Misol uchun, qon quyuqlashmasligi uchun chekishni butunlay to‘xtatish kerak, shuningdek, qahva va spirtli ichimliklarni, ayniqsa, pivoni butunlay ratsiondan chiqarish kerak. Qora yoki qizil uzum esa bu borada foydali — bularning barchasi mahsulot tarkibidagi kuchli antioksidantlar tufayli. Ammo boshqa uzumlar mutlaqo foydasiz: ular qizildan o‘n baravar kamroq foydali komponentlarni o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)