Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida oxirgi paytlarda ayrim ushlab turish joylarida inson huquqlari buzilishi bo‘yicha og‘riqli masalalar ko‘tarilayotganini qayd etdi.
“Bizning yurtimizda bunday holatlar umuman bo‘lishi mumkin emas. Kim bunga amal qilmasa, qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘ladi”, — dedi davlat rahbari. Shu bois bunday joylarga olib kelingan barcha shaxslarni hisobga olishning onlayn tizimi joriy etiladi va yuzni tanish uskunasi o‘rnatiladi.
Ma’muriy sudlarga hokim qaroridan norozi bo‘lib murojaat qilinganda, ishlarni eksterritorial tartibda, ya’ni boshqa hududda ham ko‘rish amaliyoti joriy qilinadi. O‘zbekistonda mulk va investitsiyaning himoyasini kuchaytirish maqsadida Xalqaro tijorat sudini tashkil qilish bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlangani ta’kidlandi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)