So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Ilm-fan

    Iqtisoddan tortib adabiyotgacha: Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan mashhur ayollar

    20.12.2022, 14:42 6894

    Ayollarga birinchi Nobel mukofoti 1901-yilda berilgan — Mariya Sklodovskaya-Kyuri fizika sohasidagi kashfiyoti uchun mukofotlangan. 120 yildan ortiq vaqtdan buyon bu mukofot nafaqat erkaklarga, balki butunlay boshqa sohalarda – iqtisoddan tortib adabiyotgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda ayollarga ham topshirib kelinmoqda.

    1. Mariya Sklodovskaya-Kyuri (1901, 1911)

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Mari Sklodovskaya-Kyuri Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi ayol, shuningdek, ikki marta mukofotni qo‘lga kiritgan birinchi olima hamdir. Birinchi marta u eri Per Kyuri va fizik Anri Bekkerel bilan radioaktivlikni kashf etgani uchun mukofotlangan. Bundan tashqari, dastlab ular mukofotni faqat uning eri va Bekkerelga berish niyatida edilar, ammo qattiq norozilikdan keyin Mariyaga ham berishga qaror qilinadi.

    Ikkinchi mukofotini esa radiy va poloniyni kashf etgani uchun oladi. Ular Sklodovska-Kyurining boshqa oilali erkak bilan ishqiy munosabati tufayli uning noo‘rin axloqiy xarakterini bahona qilib, marosimda qatnashishni taqiqlamoqchi bo‘lishadi. Biroq uning marosimga kelishiga hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi, chunki Mariyaning ta’kidlashicha, “uning ishi va shaxsiy hayoti o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q”.

    2. Gratsia Deledda (1926)

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Gratsia Deledda Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi italiyalik ayol va adabiyot bo‘yicha Selma Lagerlyofdan keyin ikkinchisi bo‘ldi. U nufuzli mukofotni “O‘z ona vatani (Sardiniya)dagi hayotni aniqlik bilan tasvirlaydigan she’rlari, shuningdek, umuminsoniy muammolarga chuqur yondashgani uchun” qo‘lga kiritadi.

    Uning g‘alabasi yozuvchini darhol mashhur qildi, ko‘plab muxbirlar Deleddaning uyiga oqib kela boshladi. Bir kuni u xonaki qarg‘asi Chekke odamlarning doimiy oqimidan bezovta bo‘layotganini payqaydi, shunda Gratsia: “Agar Chekke charchagan bo‘lsa, men ham holdan toydim!”, — deydi va odatiy hayotiga qaytadi.

    3. Gerti Kori (1947)

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Biokimyogar Gerti Kori eri Karl va olim Bernardo Husay bilan birgalikda glikogenning katalitik konversiyasini kashf etgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Olimlar uglerod almashinuvi, ya’ni organizm energiya ishlab chiqarish va saqlashni o‘rganishadi. Keyinchalik ularning tadqiqotlari diabetni davolash usullarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi.

    Mukofotni olganidan so‘ng, Korining o‘sha paytda 11 yoshda bo‘lgan o‘g‘li Tom bunday yuksak mukofot bilan taqdirlangani haqidagi xabarni olgan ota-onasi “ko‘tarinki kayfiyatda” ekanligini aytadi.

    4. Gertruda Elayon (1988)

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Gertrude Elayon mukofotni fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha olimlar Jeyms Blek va Jorj Xitchings bilan birgalikda oladi. Ular mukofotni giyohvand moddalarni davolashning muhim tamoyillarini kashf qilishgani uchun olishgan. U 15 yoshida oshqozon saratonidan so‘nib borayotgan bobosi bilan so‘nggi kunlarini o‘tkazadi. Natijada butun umrini bu kasallikka qarshi kurashga bag‘ishlashga va’da beradi. Shunday qilib, Elayon asosan biokimyoga tayanadigan dorilar tizimini ishlab chiqadi.

    Shuningdek, u AZT preparatini ham ixtiro qilgan. Bu OIV va OITSni davolashda ishlatiladigan birinchi dorilardan biri edi. Shuningdek, Gertrude Elayonning kashfiyotlari leykemiya, bezgak, qizamiq, gepatit, artrit, podagra va gerpesni davolash uchun dori vositalarining paydo bo‘lishiga yordam berdi.

    5. Fransuaza Barre-Sinussi (2008)

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Fransuaza Barre-Sinussi inson immunitet tanqisligi virusini kashf etgani uchun Nobel mukofotini Lyuk Montanye bilan bo‘lishdi. 1983-yilda ular OITSning dastlabki bosqichlarida limfa tugunlari kattalashgan bemorlarda retroviruslarning faol ravishda ko‘payishini aniqladi va inson immunitet tanqisligi virusini ajratib olishdi. Ushbu kashfiyot tufayli kasallik biologiyasi aniq bo‘lib, davolanish ancha osonlashdi.

    6. Malala Yusufzay (2014)

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Malala Yusufzay tarixdagi eng yosh Nobel mukofoti sovrindori hisoblanadi. U 17 yoshida “bolalar va yoshlar zo‘ravonligiga qarshi kurash va bolalarning ta’lim olish huquqlari uchun” mukofotga sazovor bo‘ldi. Mukofot topshirilishidan 2 yil oldin unga suiqasd qilingan. Bunga Malalaning faoliyati sabab bo‘lgan. Qiz uzoq davom etgan reabilitatsiyadan so‘ng og‘ir ahvolda edi.

    Mukofot olishdan oldin ham u yuksak minbarlardan turib, butun dunyoni ta’lim olish imkoniyatini yaratishga chaqirdi. Yusufzayning ta’lim qashshoqlikni tugatish yo‘lidagi birinchi qadamligiga ishonchi komil. Yaqinda Malala har bir ayolning o‘zi xohlagan narsani kiyish huquqini himoya qildi.

    7. Mey-Britt Mozer (2014)

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Mey-Britt Mozer mukofotni turmush o‘rtog‘i Edvard Mozer bilan birgalikdagi ishi uchun oldi. Ular miyaning fazoda harakatlanishi mexanizmlarini kashf qilishgani uchun taqdirlandi. Oddiy qilib aytganda, ularning ishi quyidagi savollarga javob berishga imkon beradi: Biz bir joydan ikkinchi joyga yo‘limizni qanday topamiz? Biz qayerda ekanligimizni qanday bilamiz?

    Kalamushlar ustida tajribalar o‘tkazish chog‘ida ular gippokamp yaqinida yangi turdagi hujayrani topdilar. Er-xotin kalamushlar ma’lum nuqtalardan o‘tganda, ularning asab hujayralari faollashib, navigatsiya uchun o‘ziga xos koordinata tizimini (“ichki GPS”) hosil qilishini aniqlashdi. Xuddi shu hujayralar, ma’lum bo‘lishicha, odamlarda ham bor. Alsgeymer kasalligi bilan og‘rigan bemorlar yo‘nalishini yo‘qotadi — bunga sabab gipopkampning ta’sirlanganligi bo‘lishi mumkin. Mozerlar tomonidan o‘rganilgan bu bilimlarning barchasi Alsgeymer kasalligidan aziyat chekadigan odamlarda fazoviy xotirani yo‘qotish mexanizmini to‘g‘ri tahlil qilishga yordam beradi.

    8. Tu Yuyu (2015)

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Tu Yuyu bezgakni davolashda katta yutuqlarga erishdi. U Uilyam Kempbell va Satosi Omura bilan birgalikda bezgakni davolashda muvaffaqiyatli qo‘llanayotgan artemizin preparatini ishlab chiqdi.

    Hammasi 1969-yilda Tu Yuyu xitoy o‘tlarini tadqiq qilish va an’anaviy qadimiy xitoy tibbiyotini o‘rganish g‘oyasi bilan chiqqanida boshlangan. U barcha retseptlarni daftariga yozadi, keyin ularni sinab ko‘radi. Ma’lum bo‘lishicha, bezgakni davolashda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan eng samarali o‘simlik Artemisia annua hisoblanadi.

    9. Ester Dyuflo (2019)

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Ester Dyuflo Nobel mukofotini turmush o‘rtog‘i Abhijit Banerji va boshqa olim Maykl Kremer bilan birgalikda oldi. Ular “global qashshoqlikka qarshi kurashga eksperimental yondashuvi uchun” taqdirlanishdi. Ushbu yondashuv kambag‘allik muammosini hal qilish osonroq bo‘lgan kichikroq muammolarga bo‘linish kerakligini nazarda tutadi.

    Ularning tadqiqotlari natijalari kambag‘allikka qarshi kurash usullarini amalda sezilarli darajada takomillashtirishga imkon berdi. Misol uchun, ularning mehnati tufayli 5 milliondan ortiq hindistonlik bolalar maktablarda korreksion ta'lim dasturlaridan foydalandi va boshqa ko‘plab mamlakatlar sog‘liqni saqlash tizimiga katta subsidiyalar kiritdi.

    10. Andrea Gez (2020)

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Andrea Gez Nobel mukofotini Rojer Penrouz va Reynxard Genzel bilan birgalikda oldi. Ular qora tuynuk sifatida e’tirof etilgan “galaktika markazida o‘ta kattalikdagi zich obyektni topgani uchun” taqdirlandi. Shuningdek, ular ushbu o‘ta katta qora tuynuk Somon yo‘lining markazidagi yulduzlar orbitalarini boshqarishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

    Gezning keng ko‘lamli tadqiqoti qora tuynuklarni o‘rganishga yangi yondashuvni ochib berdi. Uning tadqiqot guruhi hozirda qora tuynuklarning galaktikalar shakllanishi va evolyutsiyasidagi rolini tushunish uchun ushbu yondashuvdan foydalanmoqda. Aytgancha, Andrea Gez fizika bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan to‘rtinchi ayol bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • Oyna tozalagich, taglik, Apger shkalasi: Ayollar tomonidan ixtiro qilingan foydali buyumlar
    • Uy bekasidan modelgacha: Tasodif tufayli 50 yoshdan keyin hayoti o‘zgarib ketgan Kerolayn Labusher hikoyasi
    • Dahoning merosxo‘rlari: Apple asoschisi va buyuk ixtirochi Stiv Jobsning farzandlari hozirda nima bilan shug‘ullanadi?

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Venetsiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus YTHga uchrab, yonib ketdi (video)

    Bugun, 10:44

    Toshkentda Alfraganus universiteti tashabbusi bilan xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda

    Bugun, 10:30
    Reklama

    “Bavariya” YCHL guruh bosqichidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 36 taga yetkazdi

    Bugun, 10:25

    O‘zbekistonda 5-oktyabr kuni havo harorati 34 darajagacha ko‘tariladi

    Bugun, 10:25

    Qashqadaryoda “Yor-yor” ko‘rsatuvi orqali ayol bilan tanishgan erkak uni o‘ldirib qo‘ydi

    Bugun, 10:04

    “Garri Potter” franshizasida eng ko‘p ekran vaqtiga ega bo‘lgan qahramonlar (foto)

    Bugun, 09:55

    Toshkent metrosida poyezd tormoz tizimidagi nosozlik sabab harakatlana olmadi

    Bugun, 09:54

    AQSH tarixida birinchi marta: Vakillar palatasi a’zolari spiker Kevin Makkartini iste’foga yubordi

    Bugun, 09:15

    Toshkentda avtobus haydovchisi uch oydan beri oylik olmayotganiga munosabat bildirildi

    Bugun, 09:09

    O‘zbekiston aholisi har yili zilzila vaqtida qanday harakatlanish bo‘yicha o‘qitiladi

    Bugun, 08:38

    O‘zbekistonda yo‘llardagi kameralar xavfsizlik kamaridan foydalanmagan haydovchilarni qayd etadi

    Bugun, 08:25

    Tavsiya etamiz

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023

    Zangiotada uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi

    18:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.