• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Kartoshka iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

    Kartoshka ratsiondagi eng mashhur mahsulotlardan biri bo‘lib, uning atrofida an’anaviy ravishda juda ko‘p tortishuvlar mavjud. Ko‘pchilik uning tez-tez iste’mol qilinishi vazn ortishiga olib kelishiga ishonadi. Ammo haqiqatan ham shundaymi? Elle nashri kartoshkaning foydali hamda zararli tomonlari haqida so‘z yuritdi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Parhezshunoslar bir narsaga amin: kartoshka — bu uzoq vaqt davomida ham insonga jiddiy zarar keltirmaydigan yagona mahsulot. Haqiqat shundaki, u organizmning normal ishlashi uchun yetarli miqdorda foydali komponentlarni o‘z ichiga oladi, shuning uchun kartoshkaga asoslangan mono-parhezni xavfsiz deb atash mumkin.

    Kartoshkaning foydalari

    Kartoshkaning organizmga hech qanday foyda keltirmaydigan bo‘sh kaloriya ekani tamoman yanglish fikr. Birinchidan, bu mahsulot vitaminlar va foydali minerallarni o‘z ichiga oladi: C, B1, B2, B6, PP, K, shuningdek, temir, kalsiy va fosfor.

    Foto: Elle

    Foto: Elle

    Ikkinchidan, kartoshkada hamma qo‘rqadigan yog‘ga qaraganda ko‘proq oqsil va kletchatka mavjud. Oziq moddalarning ko‘pchiligi ichida emas, balki po‘stlog‘ida, shuning uchun ovqatlanish mutaxassislari kartoshkani qaynatish yoki pechda pishirish va po‘sti bilan birga iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

    Kaliyning yuqori miqdori tufayli kartoshka yurak kasalliklari va gipertoniyaga moyil bemorlarning ratsionida birinchi raqamli mahsulot hisoblanadi. Bundan tashqari, u yengil diuretik ta’sirga ega, shuning uchun u buyrak kasalliklarida ham buyuriladi. Kartoshkaning antibakterial xususiyatlari ham yaxshi ma’lum: shamollash vaqtida qaynatilgan kartoshkadan ingalyatsiya qilish nafas yo‘llarini mikroblardan ham tozalaydi.

    Xom kartoshka sharbati ham foydadan holi emas: u yallig‘lanishga qarshi va shifobaxsh eritma sifatida, gastrit va oshqozon-ichak kasalliklariga qarshi kurashda ishlatiladi. Biroq uni qo‘llashning eng mashhur usuli — ertalab shish va ko‘z ostidagi dog‘larga qarshi kurashda.

    Foto: Elle

    Foto: Elle

    Kartoshkaning zararlari

    Kartoshka ildizidagi kraxmalning yuqori miqdori ortiqcha vaznga egalar uchun haqiqiy xavfdir. Biroq parhezshunoslar shuni isbotladiki, agar kartoshka to‘g‘ri pishirilsa, haftada bir necha marta iste’mol qilinsa, bu hech qanday zarar keltirmaydi. Lekin qovurilgan kartoshka, chips va fridan voz kechish kerak.

    Kartoshkadagi yana bir xavf solanin bo‘lib, u uzoq vaqt davomida ultrabinafsha nurlar ta’sirida faol ishlab chiqarila boshlaydi. Ushbu moddaning ortib borayotgan tarkibi inson asab tizimiga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Agar noto‘g‘ri saqlangan bo‘lsa, kartoshka unib chiqa boshlaydi va ko‘karadi. Bunday ildiz mevalarni hech qachon iste’mol qilmaslik kerak.

    Foto: Elle

    Foto: Elle

    Albatta, yosh kartoshka juda foydali hisoblanadi: ular vitamin va minerallarning maksimal miqdorini o‘z ichiga oladi va solaninni chiqarish xavfi minimal darajada. Qish va bahorda ildiz ekinlarini qorong‘i va salqin joyda saqlash kerak.

    Kartoshkaning yana bir kamchiligi uning yuqori glisemik indeksidir. Bunday mahsulotlar tezda o‘z energiyasini organizmga beradi, bu metabolik jarayonlarni buzadi, qondagi shakarning umumiy darajasiga salbiy ta’sir qiladi. Natijada doimiy ochlik hissi, metabolik kasalliklar va eng muammoli joylarda yog‘ birikmalarining shakllanishi yuzaga keladi.

    Foto: Elle

    Foto: Elle

    Kartoshka tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

    • Po‘stlog‘i yupqa kartoshkani tanlashga harakat qilish kerak — ular kamroq kraxmalni o‘z ichiga oladi.
    • Ko‘k yoki unib chiqqanlarini sotib olmaslik lozim — bu organizmga zararli bo‘lgan solaninni chiqarish jarayoni boshlanganini anglatadi.
    • Sariq va qizil kartoshka juda foydali. Birinchi nav yaxshi qaynatiladi, ta’mi shirin va karotinlarga boy. Ikkinchisi, aksincha, sekinroq pishadi, kraxmal va kletchatka kamroq.

    Mavzuga doir:

    •  Har kuni petrushka iste’mol qilishga undaydigan 3 ta sabab
    • Nima uchun pomidorni xomligicha emas, pishirilgan holda iste’mol qilish foydaliroq?
    • Har kuni 2 dona banan iste’mol qilish natijasida organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

    19.12.2022, 16:47   Izoh (0)   18415
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Organizmni energiyadan mahrum etadigan 7 ta mahsulot

    19.12.2022, 14:42

    Qishda oson uyg‘onishga qanday odatlanish mumkin?

    19.12.2022, 09:16

    Oshqozonda og‘irlik paydo bo‘lganda nima qilish kerak?

    18.12.2022, 18:32

    Allergik yo‘tal shamollashdan qanday farq qiladi va undan qutulish mumkinmi?

    18.12.2022, 14:32

    Shirinliklarni quritilgan mevalar bilan almashtiring: Vazn kamaytirishga yordam beradigan arab xurmosining foydali xususiyatlari

    17.12.2022, 18:50

    Sovuq ob-havoda organizmni energiya bilan ta’minlovchi 8 ta mahsulot

    17.12.2022, 16:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.