“O‘zgidromet” 16—18-dekabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Markaz xabarida ta’kidlanishicha dekabr oyining boshida belgilangan sovuq antisiklon O‘zbekistonni tark etib, iliq havo massalari kirib keldi va havo harorati keskin ko‘tariladi. 16-dekabr kuni ushbu holat saqlanib turadi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo harorat foni biroz pasayadi. Havo harorati kechalari — 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi shanba kuni 7-12 daraja iliq, yakshanba kuni 5-10 daraja iliq bo‘ladi va ushbu kunlarning me’yoriy qiymatlariga yaqin bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.
Izoh (0)