Mir-Akbar Rahmonqulov prezident huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori lavozimiga tayinlandi.
Qayd etilishicha, u shu munosabat bilan prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
2022-yil 6-may kuni Mir-Akbar Rahmonqulov prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Bu tayinlovga qadar Rahmonqulov prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Alisher Usmonov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Namangan viloyati sudi raisi etib tayinlangan edi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)