Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2022 yil noyabr oyining oxirida “Uenzdey” seriali ekranlarga chiqdi. Bu o‘sha sevimli Addamslar oilasi haqidagi yangi voqea. 1991-yildagi film va yangi serial o‘rtasidagi farqlar va umumiyliklar haqida ma’lumot beramiz.

Serial bir zumda xitga aylandi va ko‘rishlar soni bo‘yicha “G‘alati narsalar”ning yangi mavsumini ortda qoldirdi. Loyiha ustida Tim Bartonning shaxsan o‘zi ishlagan, shuning uchun shouning barcha dekoratsiyalari uning uslubida. Bosh qahramon Gomes va Mortishaning qizi, melanxolik qiz Uenzdey Addamsdir. U oddiy maktabdagi bolalar bilan chiqisha olmaydi, shuning uchun ota-onasi qizni o‘zi kabi g‘alati o‘spirinlarning yopiq muassasasiga o‘qishga yuborishadi.

Addamslar haqidagi kult filmda bo‘lgani kabi qahramon sochini 2 ta qilib o‘rib yuradi, doim qora rangda kiyinadi va o‘zini boshqalardan uzoqroq tutadi. Shunga qaramay, yangi Uenzdey eskisidan sezilarli darajada farq qiladi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Birinchi navbatda, yosh jihatdan. Aksariyat filmlarda Addamslarning qizi taxminan 10-13 yoshda tasvirlanadi, serialda esa u — 16 yoshda. Shuningdek, 2022-yilgi shouda oila va uning atrofidagi odamlarning g‘ayritabiiy qobiliyatlari tilga olinadi. Misol uchun, Mortisha va Uenzdey muntazam ravishda o‘tmish va kelajakni his etgani uchun bezovtalanadi.

Original komikslarda va oldingi filmlarda Addamslar — shunchaki g‘amgin mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan g‘alati oila. Serialga shuningdek, o‘z hikoyalariga ega ko‘plab ikkinchi darajali personajlar qo‘shilgan. Bundan tashqari, bu personajlar oddiy odamlar emas, balki vampirlar, bo‘rilar, maxluqlar va gorgonlardir. Misol uchun, bosh qahramonning qo‘shnisi bo‘riga aylanish qobiliyatiga ega.

Umuman olganda, 1964-yildagi filmdan beri bosh qahramon uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Birinchi filmda qizda hamma narsaga bo‘lgan g‘alati qiziqish yo‘q edi. U o‘rgimchaklarni boqish, qo‘g‘irchoqlarning boshlarini uzib olishdan boshqa hech narsa qilmasdi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

1991-yilgi filmda Uenzdey o‘zining xavfli ixtirolarini ukasida sinab ko‘radigan murakkab xarakterdagi o‘spirin qiz sifatida tasvirlanadi. “Addamslarning oilaviy qadriyatlari” filmida esa qahramon va Paksli yozgi lagerga yuboriladi, u yerda qiz o‘z xarakterini ko‘rsatadi va g‘alayon boshlaydi.

Addamslar oilasiga bag‘ishlangan 2019-yilda chiqqan multfilm ham bor. Loyiha tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lsa-da, tanqidchilarning kartinani juda ertakona bo‘lib ketganligini tanqid qilishadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Ko‘rinib turgan farqlarga qaramay, filmning ba’zi sahnalari o‘zgarishsiz qoldirilgan. Masalan, Uenzdey va ukasi Paksli o‘rtasidagi juda iliq munosabatlar. Ukasi xafa bo‘lgan paytlarda opasi unga tasalli beradi.

Paksli shkafga qamalib qolganida, opasi bezorilarning ismlarini aytishini talab qiladi, qolganini unga qo‘yib berishini so‘raydi. Qahramon qiz takabburdek tuyuladi, lekin u ta’sirchan va beg‘ubor — serial ijodkorlari buni juda yaxshi ko‘rsatib berishgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Yangi Uenzdey — kuchli personaj. Qiz ijtimoiy tarmoqlarni vaqtni behuda sarflash deb hisoblaydi, kompyuter o‘rniga yozuv mashinkasidan foydalanadi, aqlli, ammo g‘amgin jumlalardan foydalanadi. U yaxshiroq ko‘rinishga harakat qilmaydi, boshqalarning fikriga ham bog‘lanib qolmaydi.

90-yillar filmida Uenzdey rolini Kristina Richchi ijro etgan. Yangi filmda maxsus maktabdagi oddiy o‘qituvchi obrazini yaratdi. Aytgancha, Uenzdey rolini ijro etgan Jenna Ortega Kristina unga ustozlik qilishga yoki personajni tasvirlash tajribasini namoyish etishga urinmaganini aytadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Gomes rolini Luis Guzman ijro etgan. U original komikslardagi otaga juda o‘xshaydi. Aktyorning o‘zi bu rol o‘zining eng yaxshi aktyorlik ishining 3 taligiga kirishiga ishonadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Ketrin Zeta-Jons rafiqasi Mortisha sifatida reenkarnatsiya qilindi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Rejissor Tim Bartonning aytishicha, u qahramonni yanada zamonaviyroq qilishni xohlagani uchun uning pardoziga to‘q qizil ranglarni ham kiritilgan.

Maktab direktorini Gvendolin Kristi o‘ynagan, uni hamma “Taxtlar o‘yini”dagi Brienna Tart sifatida eslaydi. Aktrisa ekranda o‘zini hech qachon bunchalik go‘zal his qilmaganini tan oldi, bu imkoniyat uchun Tim Bartonga minnatdorlik bildirdi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Jenna Ortega esa “Uenzdey” serialining asosiy yulduziga aylandi, u rolni a’lo darajada ijro etdi va tomoshabinlar mehrini qozondi. Serial chiqqandan so‘ng internetda ko‘plab videolar paydo bo‘ldi, ularda qora kiyingan qizlar Jennaning balda raqsga tushishiga taqlid qilishadi. Bunday raqs harakatlarini aktrisaning o‘zi bir necha kun ichida o‘ylab topgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Ammo ajoyib sahnalar, kuchli aktyorlar va aqlbovar qilmaydigan atmosfera serialning tomoshabinlarga taqdim etadigan asosiy narsasi emas. Oldinda kuzatib borish juda qiziq bo‘lgan detektiv sujet turibdi.

Axir Uenzdey maktabga faqat o‘qish va jamiyatga qo‘shilish uchun emas, balki jinoyatni ochib, kimnidir qutqarishi kerakligi uchun ham borgan.

Aytgancha, qahramonga ism darhol qo‘yilmagan. Original komikslarda qiz va oila a’zolarining ismlari bo‘lmagan. Ismlar 1964-yildagi serial uchun maxsus o‘ylab topilgan.

Shuningdek, kesilgan qo‘l rolini o‘ynagan aktyor noqulay pozitsiyalarni egallashi va kostyum kiyishi kerak edi

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi