Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida to‘rt nafar fuqaro is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgani xabar berilgandi. Holat yuzasidan respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati rahbari Sultanbek Ziyayev “Daryo”ga qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 14-dekabr kuni soat 21:30 atrofida To‘rtko‘l tumanining “Ullubog‘” OFY Nurli yo‘l posyolkasida yashovchi to‘rt nafar fuqaro boshi aylanib, is gazidan zaharlangan bo‘lishi mumkinligini aytib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.
Fuqarolarning barchasi uyda bo‘lgan. O‘sha kuni ushbu xonadonda ziyofat bo‘lgan. Fuqarolarning bir nafariga shu yerning o‘zida tibbiy muolajalar ko‘rsatilib, shu vaqtning o‘zida uyiga ruxsat berilgan. Qolgan uch nafar fuqaroga esa bugun, 15-dekabr kuni uyiga qaytgan, — deydi Sultanbek Ziyayev.
Mas’ulning qo‘shimcha qilishicha, fuqarolarning is gazidan zaharlanganligi bo‘yicha ekspertiza xulosasidan so‘ng aniq ma’lumot beriladi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)