Daryo

Nima uchun tomoqda qattiq og‘riq paydo bo‘ladi va uni qanday davolash mumkin?

Tomoqdagi og‘riqlar bakteriyalar ta’siridan kelib chiqqan bo‘lsa, shifokor antibiotik buyurishi mumkin

2 daqiqa o‘qish40 408 ko‘rishlar0 izoh1
Foto: Wday

Yutinish paytida tomoqdagi o‘tkir og‘riqlar bir qator kasalliklarning belgisi bo‘lishi mumkin. Uni yengillashtirishning usullari mavjud, lekin birinchi navbatda yallig‘lanishga nima sabab bo‘lganini aniqlash kerak, deb yozadi Wday.

Foto: Wday
Ko‘pincha tomoq og‘rig‘i O‘RVI bilan birga kuzatiladi. Ushbu kasallikka burun oqishi, isitma va umumiy holsizlik ham qo‘shiladi. Tomoq og‘rig‘i quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin:
  • Angina, bodomsimon bezlar yallig‘langanda. Tomoq og‘rig‘iga qo‘shimcha ravishda, bosh og‘rig‘i, isitma qo‘shiladi.
  • Paratonzillit — tonzillitning asorati. Kasallik bosh og‘rig‘i, isitma, quloq og‘rig‘i bilan kechadi.
  • Faringit — tomoqning yallig‘lanishi. Quruqlik va achishish ham kuzatiladi, yutinish jarayoni qiyinlashadi, quloqlar bitishi mumkin.
  • Laringit — halqumning yallig‘lanishi. Quruqlik va ovoz bo‘g‘ilishi kuzatiladi.
  • Kekirdak to‘qimalarning yiringli yallig‘lanishi. Tomoq og‘rig‘idan tashqari, harorat ko‘tariladi va burun bilan nafas olish qiyinlashadi.
  • Yot jismlarning tomoqqa kirishi.
  • Qizilo‘ngachning kuyishi, shikastlanishi va yallig‘lanishi.
  • Kekirdak, halqum, qizilo‘ngachda o‘smalar.
  • Allergik reaksiyalar.
  • Oshoqozon-qizilo‘ngach reflyuksi — bu oshqozon tarkibidagi moddalar qizilo‘ngachga qaytsa. Bu holat jig‘ildon qaynashi, ko‘krak qafasda og‘riqlar bilan birga kuzatiladi.
Ayrim alomatlar o‘xshash, shuning uchun shamollashni boshqa kasallikdan ajratish qiyin. Agar ushbu sabablarning qaysi biri og‘riqni keltirib chiqarganligi haqida aniq tushuncha bo‘lmasa, shifokor bilan maslahatlashib, tekshiruvdan o‘tish kerak.

Tomoqdagi qattiq og‘riqni qanday bartaraf etish mumkin?

Agar yutinish paytidagi og‘riqqa O‘RVI sabab bo‘lsa, uni tezda bartaraf etish mumkin:
  • ko‘proq iliq suyuqlik ichish;
  • asal va sariyog‘ bilan iliq sut ichish;
  • tuz va soda eritmasi bilan chayqash;
  • tomoqqa spirtli kompressni qo‘llash;
  • tomoqni issiq sharf bilan o‘rab olish;
  • ingalyatsiya qilish;
  • moychechak yoki kalendula qaynatmasini ichish.
Shuningdek, xonada optimal namlik darajasiga ega bo‘lishini ta’minlash muhim, chunki quruq havo tomoqni bezovta qiladi. Tomoqdagi og‘riqlar bakteriyalar ta’siridan kelib chiqqan bo‘lsa, shifokor antibiotiklarni buyurishi mumkin. Agar biror narsa tiqilishi sabab bo‘lsa, uni tezda olib tashlash muhimdir. Agar buni amalga oshirish qiyin kechsa, darhol tez yordam chaqirish kerak. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar