• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)

    Netflix platformasi bir necha yildan buyon AQSHda istiqomat qilayotgan Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning nevarasi, shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl haqida film suratga oldi. Hujjatli film treyleri Netflix platformasida 1-dekabr kuni namoyish etildi. Shundan keyin film muhokamalarga sabab bo‘lib, Garri va Megan qirolichani masxara qilganlikda va qirollik a’zolarini irqchi deb ataganlikda ayblandi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Garri va Megan haqida suratgan olingan Netflix’ning yangi loyihasi namoyish etilgandan so‘ng qirollik oilasi “qayg‘uli holat”ga tushdi. Juftlik qirolicha Yelizavetta II ni masxara qildi, Britaniya va qirollik a’zolari irqchi ekani haqida fikr bildirdi, deyiladi xabarda.

    https://twitter.com/ClownWorld_/status/1600933623028273152

    Shahzoda Uilyam ukasi unga va rafiqasi Keytning shaxsiyatiga teguvchi gaplarni aytganidan so‘ng, o‘zini xiyonat qilingandek his qildi. Sasseks gersogi ukasining Afrikadagi bir guruh do‘stlari tomonidan otasiga nisbatan nafrat bilan tarbiyalanganini aytdi, deb yozmoqda The Sun nashri. Garri, shuningdek, 2005-yilda The Sun gazetasining birinchi sahifasida namoyish etilgan ziyofatda natsistlar formasini kiygan vaqti haqida ham gapirdi.

    Qirollik sharhlovchisi Maykl Koul esa juftlik haqidagi bu loyiha keng muhokamalarga sabab bo‘lganini aytdi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Garrining rafiqasi Megan bir epizodda qirollik a’zolari haqida fikr bildirib, ularning an’analarini AQSHning o‘rta asrlardagi hashamatli restoranlar tarmog‘i bilan taqqoslagan va qirolicha bilan uchrashganini ham tasvirlab bergan.

    Sirlilikni yaxshi ko‘radigan 41 yoshli Megan Netflix’dagi yangi hujjatli filmning syurreal ekanini aytdi. “Biz mashinada edik va Garri menga: ‘Qirollik a’zolari bilan qanday gaplashishni bilasizmi?’ — dedi. Men esa buni hazil deb o‘yladim. Keyin esa bu katta ish ekanini tushuna boshladim. Aytmoqchimanki, amerikaliklar buni tushunadi. Bizda o‘rta asrlardagi odatlar bor — kechki ovqat va turnir”, — deydi Megan.

    Amerika Qo‘shma Shtatlarining bir nechta shtatlarida joylashgan attraksionda mehmonlar ziyofat uyushtiradi va qirolicha kubogi uchun ritsarlar bellashuvini tomosha qilar edi. Qirollik oilasi juftlikning so‘nggi chiqishlardan keyin “qayg‘uda” ekani haqida xabar berilgan edi, biroq eng yomoni hali oldinda bo‘lishi mumkin.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Britaniya parlamenti a’zosi Bob Sili bu holatdan g‘azablanib: “Agar u bu mamlakatni, monarxiyani yomon ko‘rsa, nega biz unga unvonlarini saqlab qolishiga ruxsat berishimiz kerak? Agar menda yetarlicha vaqt bo‘lganida, shaxsiy a’zolik hisobini depozit qilgan bo‘lardim. Monarxiyadan nafratlanishni istasangiz, siz janob Vindsorsiz. Yuguring. O‘sing. Ularning hayotida nima bo‘lganini bilmayman. Menimcha, ular ayanchli, narsistik, o‘zini o‘zi sevadigan juftlik. Ular qo‘rqinchli”, — deydi deputat.

    Netflix yaqinda filmning uchta epizodini taqdim etdi va ularni juftlikning sevgi hikoyasi deb atadi.Sassekslar qirollik a’zolariga, Britaniyaga va ommaviy axborot vositalariga nisbatan yomon fikr bildirganini ko‘rgan tomoshabinlar bu holatdan hayron bo‘ldi. Ayrim manbalarning ta’kidlashicha, juftlik Netflix bilan 150 million dollarlik kelishuvga ega bo‘lganligi sababli, ular bu loyihalardan keyingi film, hujjatli serial, bolalar uchun shouda suratga tushishni to‘xtata olmaydi. Ular 2020-yilning boshida Megxit bilan kelishuvga erishganidan keyin videokundalik yuritishni boshlagani aniq.

    Shou 38 yoshda bo‘lgan Garrining so‘nggi qirollik marosimini tugatgandan so‘ng Xitroudagi voqealar bilan boshlangan. Garri rafiqasi Megan va o‘g‘li Archiga nisbatan qo‘yilgan “nafrat darajasi”ga norozilik bildirgan va vazifasi oilasining xavfsizligini ta’minlashdan iborat ekanini aytgan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Ma’lumot uchun, 2021-yilning 7-mart sanasida Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfriga intervyu bergan. Markl intervyuda qirol oilasi a’zolari unga  sovuq munosabatda bo‘lgani, birinchi o‘g‘li Archiga homilador bo‘lganida, qirol oilasining ba’zi a’zolari hali tug‘ilmagan bolaning “terisi qanchalik darajada qora” bo‘lishidan xavotirlanganini aytgan.

    Britaniya shahzodasi shuningdek, ommaviy axborot vositalarida ekspluatatsiya va poraxo‘rlikni fosh etishni o‘z burchi, deb bilishi haqida gapirdi. Garri qirollik a’zolari Meganga dosh bera olmaganini va bu voqelar davom etadi deb o‘ylamaganini aytdi.

    “Tarix takrorlandi”

    Ommaviy axborot vositalarida turli xil sarlavhalar ostida yangiliklar tarqalmoqda. Garrining ta’kidlashicha, qirollik oilasida juda ko‘p noto‘g‘ri qarashlar mavjud. U Meganning terisining rangi tufayli qirollikning boshqa kelinlaridan farqli munosabatda bo‘lingani haqida fikr bildirgan. Garri qirollik a’zolari Uilyam va Charlz haqida ham gapirib, ular o‘zlarining yuragiga quloq tutishdan ko‘ra qolipga mos keladigan inson bilan turmush qurganini ham ta’kidlagan. Charlz III ning o‘g‘li Garrining aytishicha, uning onasi Dianani hech kim himoya qilmagan va u Megan bilan bunday “tarix takrorlanishini” xohlamagan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Garri bir epizodda 2005-yilda ziyofatga natsistlar formasini kiygani uchun uyatli holatga tushgani haqida gapirib, buni hayotidagi eng katta xato deb atagan. Qizig‘i shundaki, filmda Britaniyaning mustamlakachilik o‘tmishi ham namoyish etilgan. Saroyning sobiq matbuot kotibi, hozirda juftlikning Archewell xayriya tashkilotining bosh direktori Jeyms Xolt Brexit ularni “patriotizm va millatchilikning ideal bo‘roni” deb atagan.

    Juftlik, shuningdek, Bukingem saroyi Uilyam va Keyt bilan aloqa qilish uchun faqat bitta aloqa xodimini da’vo qilmoqda, u esa Garri va Meganni ommaviy axborot vositalaridan himoya qila olmagan. Garri Uilyam haqida fikrlarini bildirib, insonlar tushunmaydigan narsa shundaki, ko‘plab qirollik oila a’zolari Megan boshidan kechirishi kerak bo‘lgan hamma narsani boshdan kechirganidan xavotirda edi.

    Ba’zi qirollik oila a’zolari: “Mening rafiqam ham buni boshdan kechirgan, nega sizning qiz do‘stingizga boshqacha munosabatda bo‘lish kerak?”, “Nega sizga boshqacha munosabatda bo‘lish kerak?”, “Nega uni himoya qilish kerak?”, — deb aytganini ma’lum qilgan. Garri esa buning irq bilan bog‘liqligini aytgan. Uills va Keyt bilan kechki ovqatni eslagan Megan: “Men jinsi shimda edim. Masalan, men quchoqlashib ko‘rishaman, har doim quchoqlaganman. Bu esa ko‘plab britaniyaliklarni g‘azablantirayotganini tushunmadim”, — deydi Megan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Uilyam Garridan ko‘p yillar davomida yaqin bo‘lib, oralarida masofa borligi haqida gapirgani uchun xafa bo‘lgan.

    Mavzuga doir: 

    • Megan Markl Gollivud filmlarini Osiyo ayollari haqidagi stereotiplar uchun tanqid qildi.
    • 21 million dollarlik ovoz: Megan Markl o‘zining birinchi podkastida nima haqida gapirdi?
    • Megan Markl Britaniya qirollik oilasidagi irqchilik haqida gapirib, shov-shuvga sabab bo‘lgan intervyusidan keyin ilk bor qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashdi.
    • Shahzoda Garri va Megan Markl birinchi marta qizi Lilibetning fotosini ko‘rsatdi.

    09.12.2022, 20:27   Izoh (0)   16547
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Muhtasham yuz yil” serialida Doya Xotun rolini ijro etgan aktrisa Selma Kechik hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan band?

    09.12.2022, 18:31

    Kanadalik xonanda Selin Dionga kam uchraydigan bedavo kasallik tashxisi qo‘yildi

    09.12.2022, 12:59

    Instagram: Ona bo‘lgan Marjona Mirzaaliyeva, nikohlangan Intizor Tojiboyeva, Buxoroda minglab muxlislari qurshovida qolgan Rayhon

    08.12.2022, 22:53

    Demet O‘zdemir yangi loyihada suratga tushadi, Ibrohim Chelikkol eski uyiga ko‘chib o‘tdi. Turk kinosi yangiliklari

    08.12.2022, 14:44

    Aktrisa, ofitsiant, psixolog, suzuvchi va veb-dizayner: oddiy qizlarga uylangan shahzodalar (foto)

    08.12.2022, 12:57

    Instagram: Nilufar Usmonovaning Shohruxxonga syurprizi, tug‘uruqxonadan chiqqan Oyxon Iforzoda, Malika Ravshanovadan yangi qo‘shiq

    07.12.2022, 22:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.