Xalqaro hisob-kitoblar bankining (BIS) so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi chorakda Xitoyning nomoliyaviy sektoriga berilgan jami kreditlar 51,87 trillion dollarga yetdi. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotidan (295 foiz) deyarli uch barobar ko‘pdir.
Yaponiyaning Nikkei agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, qarzning bu darajasi Xitoy uchun 1995-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Taqqoslash uchun, Rossiyada ikkinchi chorakda bunday qarz hajmi YIMning 120 foizini, AQSHda 263,5 foizni, Buyuk Britaniyada 257 foizni, Germaniyada 195 foizni tashkil qilgan.
Jami kreditlarning nomoliyaviy sektorga yalpi ichki mahsulotga maksimal nisbati, BIS hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda Gonkongda (463 foiz), Yaponiyada (425 foiz) va Lyuksemburgda (422 foiz) kuzatilmoqda.
Mutaxassislar Xitoyning ichki qarzining o‘sishini COVIDga qarshi qat’iy choralar bilan bog‘lamoqda.
Ta’kidlanishicha, Xitoy mintaqaviy hokimiyatlari jalb qilingan qarz mablag‘larini asosan infratuzilma loyihalari va qurilish industriyasini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi qancha ekani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)