Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Borussiya D” Jud Bellinghemni yozda sotib yubormoqchi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Sky Sport nashrining xabar berishicha, 19 yoshli futbolchi yozda jamoasini o‘zgartiradi. Dortmundliklar Jud uchun 100-150 million yevro talab qilishi kutilmoqda.

Bellinghemga qiziqish bildirayotgan “Real” futbolchi uchun 150 million yevro berishga tayyor emas. Shuning uchun madridliklar kurashdan chiqishni ma’qul ko‘rdi.

Hozirda 19 yoshli futbolchi uchun kurashda “Liverpul” ustunlik qilmoqda. Shuningdek, Bellinghemning oilasi ham uni mersisaydliklar safiga o‘tishini xohlamoqda.

Joriy mavsum Jud “Borussiya D” safida barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Angliya terma jamoasi safida esa JCH—2022 da 4 o‘yinda bitta gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi