AQSH—Xitoy munosabatlari yomonlashgani va Pekinning COVID’ga qarshi choralari tufayli Apple yetkazib berish zanjiri uzilishining oldini olmoqchi. Shu sabbali iPad ishlab chiqarishni Xitoydan Hindistonga qisman o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda CNBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, ishlab chiqarish jarayonini ko‘chirish bo‘yicha aniq rejalar haqida hozircha ma’lumot yo‘q, biroq Apple bu borada Hindiston rasmiylari bilan maslahatlashishda davom etmoqda.
Shu bilan birga, manbalar Hindistonda texnik jihatdan murakkab qurilmalarni yaratishda yetarli tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislar va ishchilarning yetishmasligiga ishora qilmoqda.
Bu esa AQSH texnologiya gigantining mamlakatdagi faoliyatini sekinlashtirishi mumkin.
Avvalroq Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)