Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dam olish kunlari sovuq antisiklon ta’siri saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ma’lum qilinishicha, 1-dekabrdan G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural hududlari ustida shakllangan sovuq havo massasi kirib keldi. Keyingi kunlarda sovuq havoning kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi.

Juma kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublikaning eng janubiy qismining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 0-5 daraja iliq, shimolda 2-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Sovuq antisiklon ta’siri dam olish kunlari ham saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 2-7  daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda kechalari 10-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15-17 darajagacha sovuq, kunduz kunlari esa 2-7 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Respublikaning barcha hududlarida kuchsiz shamol bilan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet” dekabr oyida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi