Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri hokimligi axborot xizmati kechki payt maktab hovlisida tashkil etilgan tadbirga yupun kiyingan o‘quvchilar jalb etilgani aks etgan suratlarni e’lon qildi (keyinchalik ushbu suratlar o‘chirildi).

Foto: Shahrisabz hokimligi matbuot xizmati

Foto: Shahrisabz hokimligi matbuot xizmati

“Yoshlar kelajagimiz” sarlavhasi ostida joylangan postdagi suratlar Shahrisabz shahar Yoshlar ishlari agentligi va sektor rahbarlari “yoshlar daftar”ida turganlarga navbatdagi subsidiya asosida mehnat qurollarini va to‘lovlar uchun sertifikatlar topshirish marosimidan olingan. XTV matbuot kotibining bildirishicha, shahardagi 1-maktab hovlisida tashkil etilgan ushbu tadbirga unga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan o‘quvchilar jalb etilgan.

“Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarini maktab vaqtidan tashqari, ularning salomatligi hamda xavfsizligiga xavf soladigan turli tadbirlarga jalb qilmaslik bo‘yicha doimiy ravishda ogohlantirib kelinadi. Afsuski, shunga qaramay, ushbu suratdagi kabi ayanchli holatlar yuzaga kelmoqda. Bolalarning maktabdan tashqari vaqtlarda tadbirga jalb etilishi va, eng achinarlisi, sovuq ob-havo sharoitiga qaramay ularning yupun kiyimlarda ekanligi ushbu hududdagi har bir mutasaddining aybi, deb hisoblaymiz”, — deydi matbuot kotibi Laylo Rustamova.

Vazirlik mutasaddilarni bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan.

“Xalq ta’limi vazirligi hudud mutasaddilari sanalgan hokimlar, sektor rahbarlari, huquq-tartibot organlari mas’ullaridan ta’lim muassasada maktab vaqtidan tashqari tadbirlarni tashkil etayotganda maktab o‘quvchi va o‘qituvchilarini jalb qilib, bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasliklarini qat’iy so‘rab qoladi.

Shu bilan birga, joylardagi xalq ta’limi boshqarma, bo‘limlari va maktab rahbarlari ham tegishli xulosalar chiqargan holda, bunday harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan qat’iy ogohlantiriladi”, — deyiladi munosabatda.

Izoh

=======SARDOR======= =======SARDOR=======

02.12.2022, 06:51

Сизларга айтаябман тизим чириган, ХТВги узи нима килиши кераклигини билмайди. Шу ишларни залларда килишса булмайдими.Ахмокона Тулов учун сертификатни.

Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi