Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda yanvar—oktabr oylarida 7 ming 636 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu haqda Senatda bo‘lib o‘tgan avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlashga oid yig‘ilishda senator Qutbiddin Burxonov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Qutbiddin Burxonov

Qutbiddin Burxonov
Foto: “Daryo”

Qutbiddin Burxonovning aytishicha, ko‘rilayotgan choralarga qaramay, o‘limga olib kelgan YTHlar soni yuqoriligicha qolmoqda:

Jumladan, 2022-yilning o‘tgan o‘n oyida 7 ming 636ta YTH sodir etilib, ularda 7 ming 174 nafar fuqaro jarohatlangan va 1 ming 931 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Eng achinarlisi, halok bo‘lganlarning 226 nafari yosh bolalardir. Bu holat barchamizda birdek tashvish uyg‘otadi. Biz 200 dan ziyod bolaning o‘limi haqida gapiryapmiz, vaholanki, bir nafar bolaning ham tinch zamonda bu tarzda halok bo‘lishi fojiadir. Shu bois yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash masalasi hech qachon kun tartibidan tushmaydi va, tabiiyki, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining doimiy nazoratida bo‘ladi.
Majlisda “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori ijrosida kamchiliklar mavjudligi ta’kidlandi.

Foto: Senat

“Qarorda belgilangan vazifalar doirasida “Uzavtomotobelgi” DUKda yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ushbu sohada raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha yetarli ishlar amalga oshirilmagan. Ishlab chiqarilayotgan yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlarining sifati bugungi kun talabiga mutlaqo javob bermayapti. Oqibatda, bir yilga qolmay, yo‘l belgilari yaroqsiz holga kelib qolmoqda.

Qarorning 9-bandida hududiy maxsus komissiyalar har oyda yo‘llarning holati va mavjud infratuzilma, “avariya” o‘choqlari, qoidabuzarliklarning tahlilidan kelib chiqib, harakat xavfsizligi, transport va yo‘l sohalariga mas’ul idoralar rahbarlari faoliyatini tanqidiy o‘rganishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga muhokama qilish uchun kiritishi va natijalari bo‘yicha respublika maxsus komissiyasiga hisobot taqdim etish belgilangan. Biroq, hududlarda bu vazifa ijrosi ham lozim darajada ta’minlanmagan”, — dedi Qutbiddin Burxonov.

Avvalroq Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi