Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiya hukumati kelgusi besh yil ichida mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirish uchun 40 trillion iyenadan (290 milliard dollardan ortiq) ortiq mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yaponiyaning Yomiuri gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: Nikkei Asia

Foto: Nikkei Asia

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda tegishli reja ko‘rib chiqilmoqda. Yaponiya hukumati har yili yalpi ichki mahsulotning 2 foizidan ko‘prog‘ini mudofaaga sarflashni rejalashtirmoqda.

Yaponiya Mudofaa vazirligi 2023-moliya yili uchun 5,59 trillion iyenadan (taxminan 40 milliard dollar) ortiq budjet so‘rashni rejalashtirmoqda.

Agar bu talab ma’qullansa, Tokioning harbiy xarajatlari joriy yilga nisbatan 4 foizdan ko‘proqqa oshadi. Shu bilan birga, mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, so‘ralgan budjetning ko‘plab moddalari bo‘yicha hozircha aniq miqdorlar ko‘rsatilmagan.

Bu mablag‘lar, xususan, uzoq masofaga uchuvchi raketalar, hujumchi uchuvchisiz samolyotlar va gipertovushli tizimlarni tutib olishga qodir bo‘lgan yangi raketaga qarshi mudofaa tizimlarini yaratish va ommaviy ishlab chiqarishga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

Yaponiya so‘nggi bir necha yil ichida mudofaa xarajatlarini muntazam oshirib bordi — joriy moliyaviy yilda (2022-yil aprelda boshlangan) ushbu maqsadlar uchun ajratmalar 5,37 trillion iyenaga (hozirgi kurs bo‘yicha 39,1 milliard dollar) yetdi. Bu rekord darajadagi yuqori ko‘rsatkich edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Shayxontohurda eng yuqori: Toshkentda uylarning ijara narxlari ketma-ket ikkinchi oy pasaydi
Mahalliy
O‘zbekistonda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati kengaytirildi
Mahalliy
O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlar rad etildi