Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eron Qatar bilan tovar ayirboshlash hajmini to‘rt yil ichida 200 million dollardan 3 milliard dollargacha oshirishni rejalashtirmoqda, Bu haqda Eron Savdo, sanoat va konlar vazirligi matbuot kotibi Omid G‘olibafga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Davlatlarimiz o‘rtasida tuzilgan kelishuvga ko‘ra, Eron—Qatar o‘rtasidagi yillik savdo hajmi yaqin to‘rt yil ichida 200 million dollardan 3 milliard dollarga ko‘tarilishi kerak, — dedi vazirlik vakili.

U keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning yetti oyida (Eron taqvimi bo‘yicha yil 21-martdan boshlanadi) Eronning Qatarga eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga oshgan.

O‘zbekistonning Eron bilan tashqi savdosi 2022-yilning o‘n oyida 20 foizga oshib 364,5 mln dollarni tashkil qilgan. O‘zbekistonning Eronga eksport ko‘rsatkichi 15 foizga kamaygan. 

 

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda