• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    To‘rt yillik mehnat mahsuli. Parijda O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalarga qanday tayyorgarlik ko‘rildi?

    Shavkat Mirziyoyevning Emmanuel Makron taklifiga binoan Fransiyaga rasmiy tashrifi davomida davlatlar rahbarlari tomonidan ikkita yirik ko‘rgazma — Luvr muzeyida “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” va Arab dunyosi institutida tashkil etilgan “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari” ko‘rgazmasi ochilgandi. O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan har ikki ko‘rgazma to‘rt yillik mehnat mahsulidir.

    Hammasi nimadan boshlandi?

    2018-yilning oktabr oyida Shavkat Mirziyoyev birinchi marta rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ldi. Madaniy dastur doirasida Luvr muzeyiga ekskursiya tashkil qilindi. Bu vaqtda ushbu muzeyda O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosiga bag‘ishlangan ulkan ko‘rgazmani tashkil qilish g‘oyasi shakllana boshlayotgan edi va davlat rahbari bu g‘oyani ma’qulladi.

    Bundan oldin ko‘plab juda muhim voqealar yuz berdi

    2009-yilda arxeolog va ilmiy tadqiqotchi Rokko Rante O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand Arxeologiya instituti jamoasi bilan hamkorlikda Buxoroda o‘tkazilayotgan arxeologik qidiruv ishlariga rahbarlik qilgan edi. O‘zbekiston tomonidan unga Jamol Mirzaahmedov, so‘ngra Abdisabur Raimqulov boshchilik qilgan. 2011-yilda Rante o‘sha paytlarda Luvr muzeyi prezidenti bo‘lgan Anri Luarettani yurtimizga taklif etadi. Tarixiy materiallar ko‘zdan kechirilgach, ko‘rgazmani tashkillashtirishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va bu qaror 2017-yilda qat’iy tasdiqlanadi.

    Biroz vaqtdan so‘ng, O‘zbekistonning Samarqand viloyatida yana fransuz mutaxassislari bilan birga olib borilgan boshqa qazilma ishlari davomida zardushtiylik davriga oid noyob o‘yma naqshli panno (devoriy rasm) topiladi. Topilma dunyo ahamiyatiga molik yodgorlik edi.

    Taxminlarga ko‘ra, qazilma ishlari olib borilgan joyda islom davri (VIII asr)gacha hukmdorlarning saroyi bo‘lgan. Qal’a ichidagi inshootda hashamatli xona bo‘lgani aniqlangan, uning aksariyat qismini uch pog‘onali shohsupa egallagan. Olimlarning fikricha, u yerda hukmdor taxtda o‘tirgan. Panno esa xona devorlarini bezab turgan.

    Bundan tashqari, boshqa noyob topilmalar ham topilgan. Shu tariqa, O‘zbekiston tarixiy va madaniy jihatdan nihoyatda qimmatbaho yodgorliklarni jahonga ko‘rsata olishi aniq bo‘ldi.

    O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori Gayane Umerova va Luvr muzeyi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolanib, jamg‘arma Kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva boshchiligida tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

    Dastlab Luvrdagi ko‘rgazmani 2020—2021-yillarda o‘tkazish rejalashtirilgan edi, biroq koronavirus pandemiyasi bu rejalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qildi va namoyishni 2022-yilga qoldirishga to‘g‘ri keldi. Bu vaqtda nafaqat O‘zbekistonning XV asrda yakunlangan qadimiy sivilizatsiyasini ko‘rsatish, balki, undan keyingi davrlargacha so‘zlab berish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi, degan fikr keldi. Bu mazkur ishlarning uyg‘un va mukammalligini ta’minlaydi. Shu tariqa, bir paytning o‘zida ikkita ko‘rgazma — Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida namoyish tashkil qilishga qaror qilindi.

    To‘rt yillik mehnat mahsuli

    Har ikkala ko‘rgazmani tayyorlash uchun O‘zbekiston bosh vaziri rahbarligida maxsus komissiya tuzildi. Ushbu komissiya tarkibidan San’atshunoslik instituti va loyiha maslahatchisi Shokir Pidayev, Islom Sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, vazirlar, olimlar, arxeologlar hamda eksponatlar olinadigan muzeylar rahbarlari va kuratorlari o‘rin oldi.

    Keng ko‘lamli restavratsiya ishlari boshlab yuborildi. Aynan ko‘rgazma uchun 2018-yildan buyon 70 dan ziyod buyumlar restavratsiya qilindi. Loyihaga Fransiya va O‘zbekistondan qog‘oz, yog‘och, metall, haykaltaroshlik, shisha va devoriy rasm bo‘yicha 40 nafardan ortiq restavratorlardan iborat jamoa jalb qilindi. Marina Reutova, Kamoliddin Mahkamov, Shuhrat Po‘latov, Kristin Parisel, Olivye Tavozo, Delfin Lefevr, Jeraldin Frey, Aksel Delo, Ann Lyeje va boshqalar shular jumlasidandir.

    Ayniqsa, VIII asrga oid “Katta Langar Qur’oni” sahifalarini tiklash juda murakkab va ayni paytda qiziqarli bo‘ldi. Ushbu Qur’on islom dini va musulmonlar uchun juda katta ahamiyat kasb etib, butun insoniyatning madaniy va tarixiy merosini tashkil etuvchi qadriyatlardan biridir.

    Restavratsiya ishlari uch yil davom etdi va o‘sha paytda AOKA direktori o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan Saida Mirziyoyevaning shaxsiy qo‘llab-quvvatlashi tufayli amalga oshdi. Avvaliga noyob Qur’onning atigi 2 ta sahifasini tiklash rejalashtirilgan edi va aynan Saida Shavkatovnaning ko‘magi bilan barcha 13 sahifaning tiklanishiga erishildi.

    Mavzuga doir: Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan Katta Langar Qur’oni sahifalari saqlab qolindi

    Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi kabi tashkilotlar ushbu nodir hujjatni tiklash ishiga jalb qilindi. Tiklash ishlari Luvr muzeyi restavratorlari Aksel Delyova Aureliya Streti tomonidan amalga oshirildi.

    “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida”

    Ushbu ko‘rgazma hozirgi O‘zbekistonning janubiy qismidan o‘tgan Buyuk ipak yo‘li tarixi haqida hikoya qilgan holda, miloddan avvalgi V—VI asrdan Temuriylar hukmronligigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Unda monumental san’at buyumlari, devoriy rasmlar, saroylarning o‘yma detallari, bezakli amaliy san’at buyumlari va boshqa yodgorliklar namoyishga qo‘yilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ko‘rgazma 169 ta muzey eksponatlari, xususan O‘zbekistonning 16 muzeyidan 138 ta noyob ashyo va dunyoning yetakchi muzeylaridagi 31 ta eksponatdan iborat. Luvr muzeyi, Fransiya Milliy kutubxonasi, Buyuk Britaniya muzeyi va Britaniya kutubxonasi, London Viktoriya va Albert Muzeyi, Parij medallar Mahkamasi, Gime Muzeyi hamda Tillar va sivilizatsiyalar Universitet kutubxonasi (BULAC), Lissabon Galuste Gyulbenkyan Fondi shular jumlasidandir.

    Saida Mirziyoyeva ta’kidlaganidek, O‘zbekiston azaldan madaniy almashinuv va savdo markazi, Buyuk ipak yo‘li esa ma’lum ma’noda dunyodagi ilk iqtisodiy loyiha bo‘lgan. Luvr muzeyidagi qariyb ikki ming yillik davrni qamrab olgan ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarda bugungi O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan turli sivilizatsiyalar haqida serqirra tasavvurni shakllantiradi hamda O‘zbekistonning noyob merosini namoyish etadi.

    Ko‘rgazma kuratori bo‘lgan Rokko Rante ushbu ko‘rgazmaning ikkita asosiy maqsadi borligini ma’lum qildi. Birinchidan, bu Yevropada Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi va madaniyatini ko‘rsatishdan iborat. Bu o‘rinda Parij eng yaxshi joy sanaladi, chunki bu yerda dunyoning yetakchi muzeylaridan biri — Luvr joylashgan. Ikkinchi maqsad Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi yaqin tarixiy aloqalarni namoyish etishdan iborat. Bundan tashqari, ko‘rgazma Yevropa va Fransiya jamiyati Markaziy Osiyo bilan yanada yaqindan tanishishi uchun ma’rifiy ahamiyat kasb etadi.

    Shuningdek, Rante Luvrdagi “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi yaqin 30-40 yillardagi betakror tadbir bo‘lib qolishini ham qayd etdi.

    “Katta Langar Qur’oni”dan tashqari, qadimgi Kofirqal’a shaharchasidan topilgan kuygan yog‘och panno, Budda haykali (mil. av. I asr – milodiy I.), Dalvarzintepa ko‘hna shahridan topilgan Kushon shahzodasining boshi (I-II asrlar), Buxoroning qadimgi Varaxsha manzilgohidan topilgan va ov sahnasi tasvirlangan VII asrga oid mashhur devoriy rasm, Marko Poloning XIV asrda Osiyoga sayohati to‘g‘risidagi kitobi nusxasini ham nodir eksponatlar sirasiga kiritish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ko‘plab arxeologik kashfiyotlar va muhim restavratsiya ishlari so‘nggi 3 yil ichida amalga oshirilgani hisobga olinsa, ekspozitsiyaning bir qismi ommaga ilk marotaba namoyish etilmoqda.

    Mavzuga doir: Luvr muzeyidagi “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazma eksponatlari — suratlarda

    “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari”

    O‘zbekistonning 9 ta muzeylaridagi 300 dan ortiq eksponatlarni o‘z ichiga olgan ushbu ekspozitsiya orqali o‘zbek amaliy san’at buyumlari taqdim etildi. Mehmonlar e’tiboriga milliy to‘qimachilik namunalari, milliy liboslar, bosh kiyimlar, XIX –XX asr o‘rtalariga oid bezaklar, Buxoro amirligining zardo‘z choponlari, gilamlar va boshqa ko‘plab nodir ashyolar havola etiladi.

    Shuningdek, ushbu ko‘rgazmada 23 ta rangtasvir asarlari ham namoyishga qo‘yilgan bo‘lib, ular orasida I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi to‘plamidan olingan Turkiston avangardi asarlari ham o‘rin olgan. Tanlab olingan asarlar orasida O‘rol Tansiqboyev, Viktor Ufimsev, Nadejda Kashina mo‘yqalamiga mansub kartinalar bor. Yana Aleksandr Volkov, Aleksey Isupov va boshqa rassomlarning asarlari ham o‘rin olgan.

    Ekspozitsiyani yaratishda ko‘rgazma kuratorlaridan biri, Fransiyaning Assouline Publishing noshirlik uyi rahbari Yaffa Assulin va fotosuratchi Laziz Xamanilar katta yordam ko‘rsatdi. Uch yil davomida ular O‘zbekiston nashriyotlari uchun material topish va to‘plash maqsadida mintaqa bo‘ylab sayohat qildi.

    Mavzuga doir: “Fransuzlar Yevropa tashqarisida ham madaniyat mavjudligiga amin bo‘ldi”. Luvrdagi O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma xorijiy OAV nigohida

    Namoyishga qo‘yilgan eksponatlarning aksariyati hech qachon O‘zbekistondan tashqariga olib chiqilmagan nodir buyumlardir. Hatto milliy o‘zligimizga xos buyumlar, masalan, chopon, so‘zana va yurtimiz muzeylarida taqdim etilgan boshqa eksponatlar bilan yaxshi tanish bo‘lganlar ham bu buyumlarni yangicha ko‘rinish va rakursda — 3D hajmda ko‘radilar va bu mislsiz tajribadir.

    Ko‘rgazmaning ochilishida germaniyalik xoreograf Raymond Rebek tomonidan sahnalashtirilgan “Lazgi – qalb va sevgi raqsi” baleti namoyish etildi. Xorazmning lazgi raqsi 3 ming yildan ortiq tarixga ega bo‘lib, u YUNESKOning nomoddiy merosiga kiritilgan.

    Xulosa o‘rnida

    Ekspertlarning fikricha, madaniyat sohasidagi hamkorlik mamlakat va insonlarni dunyoga tez tanitgani bois, ushbu namoyishlar juda samarali bo‘ladi. Fransiyaga yiliga 60 million, Luvrga esa 10 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. O‘zbekistonning bunday keng ko‘lamli ko‘rgazmada namoyish etilishi, uning tarixi bilan yanada yaqinroq tanishtiribgina qolmay, madaniyati va tarixiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi. Bu turizmni rivojlantirish uchun o‘ziga xos reklama bo‘lib ham xizmat qiladi.

    Mavzuga doir: Parijdagi O‘zbekiston ko‘rgazmasini tomosha qilish uchun turnaqator navbat yuzaga keldi (foto)

    25.11.2022, 18:25   Izoh (0)   8981
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Miroboddagi maktab o‘quvchilarining mushtlashuvi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    25.11.2022, 18:19

    Birlashgan onkologiya kompleksi qurilishi Mimar Group’ga berilgan. Asos — Vazirlar Mahkamasining yopiq qarori

    25.11.2022, 17:47

    Bolalarning 3 foizi biologik ota-onalari bilan birga yashamaydi — Statistika qo‘mitasi

    25.11.2022, 17:20

    O‘zbekistonda statistik ma’lumotlarni DXMlardan olish imkoniyati yaratiladi

    25.11.2022, 16:57

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

    25.11.2022, 16:39

    Kartoshka, piyoz, tuxum qimmatladi. O‘zbekiston bozorlarida oziq-ovqat narxlari e’lon qilindi

    25.11.2022, 16:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Angliyada YCHL yo‘llanmasi uchun kurash avjida: poygada “Chelsi”, “Siti”, Arsenal” va yana 3 jamoa bor

    Sport | 16 may, 11:21

    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi

    Reklama | 16 may, 10:30

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 17-may kuni yomg‘ir yog‘adi

    O‘zbekiston | 16 may, 11:16

    Yaponiyada 5 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi (video)

    O‘zbekiston | 16 may, 11:01

    “Onlayn platformalar va veb-saytlardan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga qanday yangi tushunchalar kiritildi? Bu nima beradi?

    O‘zbekiston | 16 may, 10:59

    AQSHdagi Xitoy quyosh panellari invertorlarida yashirin aloqa qurilmalari topildi

    Dunyo | 16 may, 10:52

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi kunning issiq vaqtida dalada ishlamaslikni tavsiya etdi

    O‘zbekiston | 16 may, 10:38

    “Birinchi marta va’da qilgan ehsonimni bermaganimdan maza qildim”. Marat Hamdamov Sabrina Jabborovaga murojaat yo‘lladi

    Layfstayl | 16 may, 10:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.