Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyat yoshlari bilan suhbatda bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Davlat rahbarining aytishicha, “yoshlarning dardini bilmas ekanmiz, hech qachon bizda taraqqiyot bo‘lmaydi”.
“Joylarda o‘zgarishlar bo‘ldi. Fransiyaga borganimizda ko‘rdim, ular bizning uzoq tariximiz va buyuk bobolarimiz borligiga qoyil qoldi.
Navoiy viloyati so‘nggi 2 yilda oliy ta’limga kirishda respublikada yuqori o‘rinni egallayapti. Va boshqa sohalarda ham shunday bo‘lyapti.
Tasdiqlangan hokimga birinchi topshirig‘im — yoshlar bo‘yicha yangi tajribani joriy etish bo‘ldi. Komissiya rahbarning o‘zi ham hokim bo‘ladi.
Nimaga maktablar kechki soat 18:00 dan keyin yopiq? Nimaga maktablarda kechki payt mushoiralar bo‘lmaydi? Gulxan yoqib, atrofida bayramlar bo‘lmaydi? Buni ham qilish kerak”, — deydi davlat rahbari.
Izoh (0)