Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koronavirusdan omon qolganlar tuzalgandan so‘ng ham darhol salomatligi yaxshi bo‘lib ketmadi. Ko‘pchilik uzoq vaqt davomida koronavirusdan keyingi sindrom deb ataladigan bir qator noxush alomatlar bilan yashadi. Uning xususiyati nimada? Qanday qilib undan qutulish mumkin? Marie Claire nashri quyida ushbu savolga javob berdi.

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Yuqori isitma, bosh og‘rig‘i, burun oqishi va yo‘tal, hidga bo‘lgan sezuvchanlikning yo‘qolishi, o‘pkaning shikastlanishi — bularning barchasi COVID belgilaridir. Ular shunchaki hammada ham kuzatilmaydi. Ammo hatto kasallik yengil o‘tganlar ham koronavirusdan keyingi sindromni boshdan kechirishi mumkin.

Bemor COVID’dan tuzalib ketganida ham, uning organizmi bir necha oy davomida zaif bo‘lib qoladi. Zaif immunitetda ko‘pincha kasallikdan keyingi sindrom olti oy yoki undan ham ko‘proq davom etishi mumkin.

COVID’ning asoratlari quyidagi belgilarni o‘z ichiga oladi:

  • zaiflik, charchoq;
  • nafas qisilishi, chuqur nafas ololmaslik, o‘pkada og‘irlik;
  • bosh og‘rig‘i, migren;
  • mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq;
  • hid bilishning to‘liq yoki qisman yo‘qolishi, hid va ta’mni idrok etishda qiyinchilik;
  • soch to‘kilishi;
  • tish va milkning yomonlashishi;
  • terida allergik reaksiyalar, toshma;
  • bosimning pasayishi, pulsning o‘zgarishi;
  • bosh aylanishi;
  • xotira muammolari, diqqatni jamlay olmaslik;
  • uyqu muammolari, uyqusizlik;
  • ovqat hazm qilish muammolari;
  • tana haroratining uzoq muddatli ko‘tarilishi yoki pasayishi.
COVID’dan keyingi simptomni qanday yo‘q qilish mumkin?

Ushbu sindromning oldini olishdan boshlash kerak bo‘lgan birinchi narsa — bu ratsionni o‘zgartirish. Undan shirinliklar, un mahsulotlari, kolbasa va sosiskalar, shuningdek sharbat va gazlangan ichimliklarni chiqarib tashlash kerak. Bu oziq-ovqatlarning barchasi qondagi glyukoza darajasining keskin oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqarishi mumkin. Immun tizimi allaqachon yangi patogenlarni doimiy ravishda kutadi va shakar faqat uning ishini rag‘batlantiradi. Kasallik organizmning resurslarini yo‘q qiladi. Buning uchun vitaminga boy mahsulotlar iste’mol qilinishi kerak.

Probiotiklar

Ulardan boshlashga arziydi. Dori-darmonlarni, ayniqsa antibiotiklarni qabul qilish ichak mikroflorasini buzadi va disbakteriozga olib keladi. Bunday vaziyatda normal hazm qilish va oziq-ovqatdan olingan barcha oziq moddalarni assimilyatsiya qilish haqida unutish mumkin. Probiotiklar bakteriyalar o‘sishinini tiklaydi, shuning uchun ovqat hazm qilishni normallashtiradi va immunitet tizimini mustahkamlaydi.

Kletchatka

Klechatka probiotiklardan bakteriyalar rivojlanishi uchun ko‘payish joyi bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, ular ichaklar harakatini rag‘batlantiradi va oshqozon-ichak traktining turli qismlarida zarur pH’ni saqlashga yordam beradi.

Oqsil

Oqsil organizmning eng kerakli asosidir. Kasallik paytida mushaklar tez-tez zaiflashadi va massasini yo‘qotadi — ularni tiklash uchun oqsillar zarurdir. Bundan tashqari, oqsillarsiz immunoglobulinlarning, ya’ni patogenlarni aniqlash va zararsizlantirish uchun xizmat qiluvchi antitolalarning sintezi yuz bermaydi. Oqsilni oziq-ovqat iste’moli bilan qabul qilish mumkin.

D vitamini

Immunitet tizimining hujayralari D vitamini tarkibiga sezgir: bu ularni faollashtiradi. Umuman olganda, D vitamini quyosh nurlari ta’sirida terida ishlab chiqariladi, ammo kuz va qishda havo odatda bulutli bo‘ladi, shuning uchun D vitamini qo‘shimchalarini faqat mutaxassis bilan oldindan maslahatlashganidan keyin kasalliklarning oldini olish uchun ichish kerak.

B6, B12 va magniy vitaminlari

Miya va umuman asab tizimining buzilishi kovidning eng keng tarqalgan oqibatlaridan biridir. Uyqusizlik, xotira muammolari, tashvish, asabiylashish, depressiya va apatiya — ro‘yxat davom etaveradi. Magniy va B vitaminlari asab tizimini rag‘batlantiradi, neyronlar o‘rtasida impulslar almashinuvini faollashtiradi, tashvish va asabiylashishni yengishga yordam beradi, xotira va kognitiv funksiyalarni yaxshilaydi.

Omega 3

Ko‘p to‘yinmagan yog‘li kislotalar hujayra membranalarining bir qismi bo‘lib, yog‘ almashinuvini tartibga solishda ishtirok etadi. Ular miyaning, yurak va jigarning normal ishlashini ta’minlash uchun muhimdir.

C vitamini

C vitamini immunitet tizimini mustahkamlaydi, organizmga virus va bakteriyalar bilan kurashishga yordam beradi. Shuningdek, u to‘qimalarning yangilanish qobiliyatini oshiradi, ba’zi gormonlar va gematopoez sintezida ishtirok etadi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi va oshqozon osti bezi hamda qalqonsimon bezlarning tashqi sekretsiyasini tiklaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov