Ukrainada chet ellik ko‘ngillilardan iborat yangi bo‘linma — “Turon” turkiy batalyoni tashkil qilindi. Uning komandiri Qirg‘iziston fuqarosi Almaz Kudabeko‘g‘li bo‘ldi. Bu haqda BASE Telegram-kanali xabar bermoqda.
O‘z murojaatida Almaz Kudabeko‘g‘li Rossiya prezidenti Vladimir Putinni turkiy xalqlarga qarshi genotsidda aybladi, shuningdek, Ramzan Qodirovning islomni niqob qilib olgan holda jihod e’lon qilayotgan “shaytoniy rejimi”ni va Putinning imperiya rejimini tugatishga va’da berdi.
Ta’kidlanishicha, Kudabeko‘g‘li urushning eng boshidan buyon Ukraina tomonida turib jang qilmoqda.
Izoh (0)